Siyosat

Xorijdan O‘zbekistonga qaytgan mehnat migrantlarining bandligini taʼminlash bo‘yicha qaror eʼlon qilindi

Bu bo‘yicha Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etildi

Xorijdan O‘zbekistonga qaytgan mehnat migrantlarining bandligini taʼminlash bo‘yicha qaror eʼlon qilindi

 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi «Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirib O‘zbekistonga qaytib kelgan fuqarolarni ish bilan bandligini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi.

 

Xabarga ko‘ra, har bir tuman va shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari huzurida Reintegratsiya markazi tashkil etiladi. Hujjat qabul qilingan kundan boshlab bir oy ichida Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari markazlar faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.

 

Reintegratsiya markaziga 2022 yil yakuniga qadar qaytib kelgan mehnat migrantlari safidan vaqtinchalik asosda bir nafardan yordamchi biriktiriladi, ularning ish haqlari Jamoat ishlari jamg‘armasi hisobidan to‘lanadi.

Qaror loyihasidan ko‘zlangan maqsad xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlarini tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, ularga o‘z biznesini tashkil etishda subsidiya va imtiyozli kreditlar ajratilishiga ko‘maklashishdir.

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"