O'zbekiston

O‘zbek va tojik kinoijodkorlari tomonidan “Jomiy va Navoiy” filmi suratga olinadi

Unda taniqli aktyor Lyuk Besson ham ishtirok etadi.

O‘zbek va tojik kinoijodkorlari tomonidan “Jomiy va Navoiy” filmi suratga olinadi

 

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi va  “Tojikfilm” davlat muassasasining “Jomiy va Navoiy” tarixiy filmini yaratish bo‘yicha tuzilgan qo‘shma komissiyasining yakuniy yig‘ilishida film konsepsiyasi ikki davlat mutaxassislari tomonidan ma’qullandi.


Mazkur film Jomiy va Navoiy do‘stligi haqida bo‘lib, ikki davlat o‘rtasida do‘stlik va samimiylik, o‘zaro hamjihatlik va hamkorlik muhitini qayta tiklashga xizmat qiladi.


Taqdimotda Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda, “Tojikfilm” davlat muassasasi direktori Mahmasaid Shoxiyon, shuningdek, ikki davlat olimlari va kinoijodkorlari ishtirok etdi.


O‘zbekiston tomonidan filmga rejissyorlik qilayotgan Furqat Usmonovning ta’kidlashicha, Kinematografiya agentligi bosh direktorii F.Abduxoliqov Toshkent kinofestivali doirasida taniqli aktyor Lyuk Besson bilan muzokara o‘tkazgan.


“Yaqinda bo‘lib o‘tgan Zoom-konferensiya davomida Lyuk Besson O‘zbekiston va Tojikiston yosh rejissyorlari bilan hamkorlik qilish istagini bildirdi va yosh o‘zbek kinoijodkorlarining ishtiyoqidan ilhomlanganligini ta’kidlab o‘tdi. Kelishuvlarga ko‘ra, ssenariy ustida birgalikda ishlaymiz, u loyiha bo‘yicha maslahatchi vazifasini bajaradi. Hozirda u film ssenariysini intiqlik bilan kutmoqda”, — dedi Usmonov.

 

custom img

Surxondaryoda tomorqadan yiliga uch marta hosil olish amaliyoti kengaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda “Tomorqa maktabi” faoliyati bilan tanishdi.

custom img

“YEROSTIGAZ” AJ tomonidan korxonadan asossiz 2,8 mlrd so‘m mablag‘ olingani aniqlandi

Tarifni deklaratsiyasiz oshirish holati yuzasidan AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

custom img

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Tergov-tezkor guruhi tuzilib, hodisa sabablarini aniqlash va hujjatlashtirish ishlari boshlangan.

custom img

Misrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi

Elchixona diplomatlari tomonidan mahrumning yaqinlariga aviakompaniya bilan bog‘liq va dafn marosimlari kabi tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam berildi.

custom img

Jizzax viloyatida ta’lim sohasi mansabdori pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

U Maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga muassasa rahbaridan 4 million 800 ming so‘m pul talab qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"