Jahon

Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan diplomatik aloqalarni davom ettirish niyatida

Shu bila birga Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar ham joriy etiladi.

Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan diplomatik aloqalarni davom ettirish niyatida

 

Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan diplomatik aloqalarni davom ettirish zarur deb hisoblaydi. Bu haqda Bryusselda bo‘lib o‘tgan brifingda Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar xizmati vakili Piter Stano maʼlum qildi.

 

"Biz Rossiya prezidentini muammoga sababchi deb bilamiz. Shuning uchun muammoni hal qilishda u bilan aloqalarni davom ettirish kerak. Yevropa Ittifoqi diplomatiya kanallarini ochiq qoldirish zarur deb hisoblaydi" — dedi Piter Stano.

 

U Yevropa Ittifoqi bir vaqtning o‘zida Rossiya Federatsiyasiga qarshi yangi sanksiyalar bo‘yicha ishlarni tezlashtirish niyatida ekani tasdiqladi. Biroq ularning mumkin bo‘lgan mazmunini izohlashdan bosh tortdi. Uning qayd etishicha, Yevropa Ittifoqining bir qator davlatlari va YI Tashqi ishlar xizmati rahbari Josep Borrel Buchadagi vaziyat haqidagi xabarlarga tayanib, Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashni kuchaytirishni taklif qilgan.

 

Maʼlumot uchun: 3-aprel kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyev rejimining Buchada tinch aholini o‘ldirganlikda ayblaganini rad etdi. Departamentning taʼkidlashicha, Rossiya Qurolli kuchlari 30-mart kuni Buchani to‘liq tark etgan va “jinoyat dalillari” Ukraina Xavfsizlik xizmati xodimlari shaharga kelgan to‘rtinchi kunigina paydo bo‘lgan.

 

Rossiya Mudofaa vazirligi, shuningdek, 31-mart kuni Bucha meri Anatoliy Fedoruk o‘zining videomurojaatida shaharda rossiyalik harbiylar yo‘qligini tasdiqlaganini, biroq ko‘chalarda otib o‘ldirilgan mahalliy aholini tilga ham olmaganini taʼkidladi.

custom img

Urush meni “do‘stlari yo‘q inson”ga aylantirdi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti urush sharoitida faqat muhim va strategik masalalarga eʼtibor qaratishga majbur bo‘lganini taʼkidladi.

custom img

Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari uchun uzr so‘radi

U Epshteyn bilan vaqt o‘tkazish katta xato bo‘lganini aytgan.

custom img

Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadro kuchlari dasturi rahbari etib tayinladi — The Chosun Daily

U strategik qurollar bilan bog‘liq jarayonlarda faol ishtirok etib, generallardan hisobotlar qabul qilmoqda

custom img

Ukrainani tiklash salkam 600 mlrd dollarga tushadi

Mablag‘ning ko‘p qismi urushdan keyingi davrda transport sohasini tiklashga yo‘naltiriladi.

custom img

Sadir Japarov bosh vazir o‘rinbosari va sog‘liqni saqlash vazirini lavozimidan ozod qildi

Qirg‘iziston hukumatida yana kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.

custom img

Pavel Durov terrorizmga yordam berganlikda ayblanmoqda — OAV

2022 yildan buyon Telegram messenjer bilan bog‘liq 153 mingdan ortiq jinoyat qayd etilgan bo‘lib, ularning 33 mingtasi terroristik va ekstremistik xususiyatga ega.

custom img

Nyu-Yorkda so‘nggi 9 yilda kuzatilmagan qor bo‘roni qayd etildi

Qor qalinligi 55 santimetrdan oshgan. Shaharda favqulodda holat eʼlon qilingan.

custom img

Amerikada Epshteynning tashlandiq samolyoti topildi

10 yildan beri qarovsiz turgan havo kemasidan voyaga yetmaganlarni jinsiy qullik uchun dunyo bo‘ylab tashishda foydalanilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"