Siyosat

O‘zbekiston Yevroosiyo kengashi yig‘ilishida kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi

Hukumatlararo kengash O‘zbekistonning YEOIIning loyihalar bo‘yicha ishida ishtirokini qo‘llab-quvvatladi.

O‘zbekiston Yevroosiyo kengashi yig‘ilishida kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi

 

Bugun, 25-fevral kuni Bosh vazir Abdulla Aripov Yevrosiyo hukumatlararo kengashi aʼzolari yig‘ilishida so‘zga chiqib, O‘zbekiston iqlim, raqamlashtirish va logistika bo‘yicha YEOII loyihalariga qo‘shilish niyatida ekanini taʼkidladi.

 

"Hurmatli hamkasblarimdan O‘zbekistonning elektron tijoratni rivojlantirish, temir yo‘l yuklarini raqamlashtirish, "Yevroosiyo Ekspress" logistika loyihasi va bugungi yig‘ilishda ko‘rib chiqilayotgan iqlim masalalari bo‘yicha hamkorlik kabi tashabbuslarda ishtirok etishini maʼqullashingizni so‘rayman", – dedi Aripov.

 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi organlarida kuzatuvchi mamlakatlarning ishtirokini kengaytirish tashabbusi bilan chiqdi, shuningdek, Yevrosiyo makonida muhim biznes tashabbuslari va dasturlarini amalga oshirishda kuzatuvchi davlatlarni yana-da faol jalb etishni taklif qilgan edi.

 

Yevroosiyo hukumatlararo kengashi O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi ishida o‘zaro manfaatdorlik yo‘nalishlari bo‘yicha ishtirokini kengaytirish to‘g‘risidagi tashabbusini mamnuniyat bilan kutib oldi.

 

Shu bilan birga, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining Hayʼat aʼzolari Ittifoq davlatlari bilan birgalikda alohida loyihalar bo‘yicha YEOIIda kuzatuvchi davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik shakli va algoritmini tasvirlaydigan tartibni ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

 

 YEII savdo vaziri Andrey Slepnyov:

 

"O‘zbekiston iqlimiy kun tartibidagi masalalar, temir yo‘l yuklarini raqamlashtirish, elektron savdo, "Yevroosiyo agroekspress" loyihasini amalga oshirish kabi to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha ish olib borishga qiziqish bildirdi".

 

Shuningdek, u 2021-yil 14-oktyabr va 10-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi majlislarida o‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishni taklif qilganini eslatdi.

 

Abdulla Aripov shuningdek, YEOII hamkorlariga temir yo‘l va avtotransportda yo‘lovchi tashishni tiklash taklif qilindi.

Uning taʼkidlashicha, 2025 yilgacha Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasining strategiyasi transport infratuzilmasini, jumladan, YEOIIni "Bitta belbog‘, bitta yo‘l" tashabbusi bilan bog‘lash doirasida rivojlantirishni nazarda tutadi.

 

"Shu nuqtai nazardan “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasini real amalga oshirish mintaqaviy transport tarmog‘ining muhim bo‘g‘iniga aylanishi mumkin", - deb qo‘shimcha qildi Aripov.

 

Hukumat rahbari, shuningdek, O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni muvofiqlashtirishni yakunlayotganini maʼlum qildi. Bosh vazir O‘zbekistonning Yevroosiyo taraqqiyot bankiga aʼzo bo‘lish shartlari va tartiblarini kelishish jarayoni ham faol davom etayotganini qo‘shimcha qildi.

Maʼlumot uchun: O‘zbekiston 2020-yil dekabr oyida YEOIIda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘ldi. YEOII 2015-yildan buyon faoliyat yuritmoqda. Unga Rossiya, Belarus, Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kiradi.

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"