Sport

Masharipov Qirol kubogida Osiyoning eng yaxshilariga qarshi to‘p suradi

O‘yin Toshkent vaqti bilan 20:25 da boshlanadi.

Masharipov Qirol kubogida Osiyoning eng yaxshilariga qarshi to‘p suradi

 

Bugun Saudiya Arabistoni Qirol kubogining 1/4 final bosqchi o‘yinlari o‘tkaziladi.

 

Legionerimiz Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan “Al-Nassr” o‘z maydonida “Al-Hilol”ni qabul qiladi. Uchrashuv  Toshkent vaqti bilan 20:25da start oladi.

 

Maʼlumot uchun: “Al-Hilol” Osiyo chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi hisoblanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston mezbonlik qiladigan Osiyo kubogiga qurʼa tashlangani haqida xabar berilgandi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"