Siyosat

"Bojxona boshqa davlat idoralariga namuna bo‘lishi kerak" — Prezident

Korrupsiyaga qarshi kurashishda eng muhim masala — bojxona xodimlarining halol ishlashini taʼminlash.

"Bojxona boshqa davlat idoralariga namuna bo‘lishi kerak" — Prezident

 

Biroz avval Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 2022 yilda bojxona maʼmurchiligini yana-da takomillashtirish va sohani korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish boshlangandi.

 

Unda davlat rahbari tizimdagi raqamlarga eʼtibor qaratdi:

 

"So‘nggi besh yilda mamlakatimizning tashqi savdo aylanmasi 2 barobarga - 2016 yildagi 24 milliard dollardan 2021 yilda 42 milliard dollarga oshdi.

Bojxona tizimi mamlakatimizni jahon iqtisodiyotiga bog‘laydigan ko‘prik hisoblanadi.

Bu tizim to‘g‘ri va ochiq-oshkora ishlamasa, tadbirkorlik, investitsiyaga to‘siq bo‘ladi hamda aholining noroziligini keltirib chiqaradi.

Shuning uchun bu sohada 2019 yilda katta islohotlarni boshladik", — dedi Prezident yig‘ilish avvalida.

 

Jumladan:

— bojxona postlarida “yashil yo‘lak”lar joriy etilib, hozirda ular orqali 95 foiz yo‘lovchi va 75 foiz yuk o‘tmoqda;

— avval 12 ta idoradan olingan 60 turdagi ruxsatnomalar “yagona darcha” orqali elektron shaklga o‘tkazildi;

— natijada bojxonada yuklarni rasmiylashtirish vaqti 10 barobargacha qisqardi.

 

Bundan tashqari, bojxona xodimlariga tegishli tartibda imtiyozlar ham beriladi.

Xususan:

— bir oy muddatda bitta postda 3 yil ishlagan xodimlar rotatsiya qilinadi;

— 1 martdan barcha bojxona xodimlari faqat ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi;

— bojxona tizimida xodimlar daromadi va mol-mulkini deklaratsiya qilish joriy etiladi;

— bojxona xodimlarining faoliyati samarasiga qarab, ish haqiga 50 foizgacha qo‘shimcha ustama to‘lanadi. Bu ustamalar aniq ko‘rsatkichlar (KPI) asosida belgilanadi;

— olis va sharoiti og‘ir postlarda ishlayotgan xodimlar ish haqiga qo‘shimcha ustamalar joriy etiladi;

— bojxona xodimlariga maxsus unvon uchun ustamalar miqdori oshiriladi.

 

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"