Sport

Parijliklar ajoyib yangilikka qo‘l urdi

Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarining tashkiliy qo‘mitasi tantanali ochilish marosimini Sena daryosida o‘tkazmoqchi.

Parijliklar ajoyib yangilikka qo‘l urdi

 

 

Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarining tashkiliy qo‘mitasi ajoyib bir yangilikni eʼlon qildi. Unga ko‘ra, tashkilotchilar musobaqaning tantanali ochilish marosimini stadionda emas, ochiq havo ostida, yaʼni Sena daryosi bo‘ylab o‘tkazishni mo‘ljallamoqda.

 

 

Rejaga ko‘ra, marosimda ishtirokchi davlatlar maxsus qayiqlarda daryo bo‘ylab belgilangan 6 kilometrlik masofani suzib o‘tishadi. Parad yo‘nalishi daryo bo‘ylab shaharning ko‘zga ko‘ringan obyektlari oldidan o‘tadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bunday marosimni 600 ming tomoshabin bevosita sohil bo‘ylarida kuzatib borishi mumkin.

 

 

Avvalroq Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi KXDR MOQni jazolagani va qishki Olimpiya o‘yinlarining mashʼalasi yoqilgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Jamshidbek Amirov

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"