O'zbekiston

Termiz davlat universitetida sport sohasidagi ilg‘or tajribani o‘rganish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Seminar doirasida “Sog‘lom hayot uchun o‘n ming qadam” yurish marafoni hamda talaba-qizlar o‘rtasida “Vazir kubogi” musobaqasiga start berildi.

Termiz davlat universitetida sport sohasidagi ilg‘or tajribani o‘rganish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

22-aprel kuni Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sport vazirligi hamkorligida tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminar va sport haftaligiga start berildi. Mazkur tadbir oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari uchun amaliy tajriba almashish, sport sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda ilg‘or modellarni ommalashtirishga qaratilgan.

 

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Sport vaziri Adham Ikramov hamda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, jismoniy tarbiya va sportni oliy ta’lim tizimi bilan uyg‘unlashtirish, talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekanini alohida ta’kidladi.

 

Mazkur seminar 2026-yil 7-aprel kuni Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgani bilan ahamiyatlidir.

 

Tadbir doirasida oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida “Sog‘lom hayot uchun o‘n ming qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafoni tashkil etildi. Bu tashabbus rahbarlarning shaxsiy namunasi orqali yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

 

Seminarning asosiy qismi Termiz davlat universitetining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ilg‘or tajribasini o‘rganishga bag‘ishlandi. Universitet hududida bugungi kunda 18 ta sport inshooti faoliyat yuritmoqda. Jumladan, 6 ta yopiq va 12 ta ochiq sport maydonlari orqali talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.

 

So‘nggi yillarda mazkur sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, 2025-yilda sport infratuzilmasini yangilash va modernizatsiya qilish ishlariga 4,7 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Shu bilan birga, sport klublari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun 3,2 milliard so‘m ajratildi.

 

Natijada universitetda professional futbol, futzal, gandbol va voleybol jamoalari shakllantirilib, milliy va xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Talabalar 2025-yil davomida jami 309 ta medalni qo‘lga kiritib, universitetning respublika miqyosidagi nufuzini yanada oshirishga hissa qo‘shdi.

 

Tadbir doirasida talaba-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasiga ham start berildi. Unda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 14 ta jamoa ishtirok etmoqda. Mazkur musobaqa xotin-qizlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy faolligini oshirish va yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

 

Seminar ishtirokchilari universitetda tashkil etilgan sport klublari, zamonaviy infratuzilma, shuningdek, sport tibbiyoti va mashg‘ulot jarayonlari bilan bevosita tanishmoqda. Bu esa oliy ta’lim tizimida sportni rivojlantirish bo‘yicha amaliy va samarali mexanizmlarni shakllantirishga zamin yaratadi.

 

Shu bilan birga, universitetda xorijiy mutaxassislar ishtirokida mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu ta’lim va sport sifatini xalqaro standartlar asosida oshirishga xizmat qilmoqda.

 

Mazkur tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — oliy ta’lim muassasalarida sport infratuzilmasidan samarali foydalanish, talabalarni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish hamda “Termiz tajribasi”ni respublika miqyosida keng joriy etishdan iborat.

 

Seminar va sport haftaligi doirasidagi tadbirlar 24-aprelga qadar davom etadi.

custom img

Shvetsiya va Daniya migratsiya idoralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Uchrashuvda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan inson huquqlari islohotlari va migratsiya tizimidagi o‘zgarishlar taqdim etildi.

custom img

Buxoroda yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video o‘rganilib, qoidabuzar haydovchiga chora ko‘rildi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bog‘imaydon mahallasidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Mahallada 70 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritmoqda, natijada 1 048 nafar yoshdan 949 nafarining bandligi ta’minlangan.

custom img

Toshkentda yiliga 3 million xaridorga xizmat ko‘rsatadigan majmua qurildi

Loyihaga 25 million dollar investitsiya yo‘naltirilib, 2 ming nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi.

custom img

Samarqandda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi o‘quvchilarni kaltakladi

U kechasi 4 nafar o‘quvchilarni uyidan olib chiqib ketgan.

custom img

O‘zbekistonda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jazolar kuchaytirildi

Tegishli qonun uch oy ichida kuchga kiradi.

custom img

Farg‘onada MIB orqali 200 mln soliq qarzi undirildi

Qarzdor bankdagi hisobraqamlariga band solingan bo‘lsa-da, qarzni to‘lamay kelgan va mablag‘ majburiy ijro orqali undirilgan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi vaziyatlar markazi bilan tanishdi

Prezident ushbu yangi tizimni poytaxtning qolgan tumanlarida ham joriy etishga topshiriq berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"