O'zbekiston

Toshkentda yiliga 3 million xaridorga xizmat ko‘rsatadigan majmua qurildi

Loyihaga 25 million dollar investitsiya yo‘naltirilib, 2 ming nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi.

Toshkentda yiliga 3 million xaridorga xizmat ko‘rsatadigan majmua qurildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yangi bunyod etilgan “Pavilion” savdo majmuasi faoliyati bilan tanishdi.

 

So‘nggi yillarda mamlakatda qurilish materiallari sanoati izchil rivojlanib, ishlab chiqarish bilan bir qatorda savdo va servis infratuzilmasini zamonaviy asosda shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur majmua ana shu yondashuvning amaliy namunasi bo‘ldi.

 

Investor tomonidan loyihaga 25 million dollar investitsiya yo‘naltirilgan. Majmua 4,6 gektar hududda barpo etilgan bo‘lib, 42 ming kvadrat metr qurilish ishlari amalga oshirilgan. Hududda 1 ming o‘rinli avtoturargoh ham tashkil etildi.

 

Uch qavatli binoda savdo do‘konlari, keng yo‘laklar, qulay jamoat maydonlari va xaridorlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Eng muhimi, bu yerda qurilish materiallari savdosini tarqoq va tirband shakldan chiqarib, tartibli hamda shaffof tizim asosida yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

 

Majmuaning muhim jihatlaridan biri sifatida 2 ming nafar fuqaroning ish bilan ta’minlangani qayd etildi.

 

Prezidentga majmua faoliyati va imkoniyatlari haqida axborot berildi. Davlat rahbari savdo rastalarini ko‘zdan kechirdi.

Bu yerda 500 ta do‘konda qurilish va ta’mirlash uchun zarur mahsulotlarni bir joyda xarid qilish imkoniyati yaratilgan. Barcha mahsulotlar va ularning narxlari yagona elektron platforma orqali ochiq va shaffof ko‘rinishda taqdim etiladi. Bu esa tadbirkorlar hamda xaridorlar uchun qulaylik yaratadi.

 

Majmua yiliga 3 milliongacha mijozga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘ladi. Hudud xavfsizligini ta’minlash maqsadida savdo kompleksi 500 ta zamonaviy kuzatuv kamerasi bilan jihozlangan.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu maskan shunchaki savdo nuqtalari jamlanmasi emas, balki qurilish materiallari bozorida yangi madaniyat, sifat va xizmat standartlarini shakllantiruvchi markaz bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

 

Shuningdek, davlat rahbari milliy mahsulotlarga kengroq o‘rin berish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni jalb qilish va logistika tizimini samarali yo‘lga qo‘yish muhimligini qayd etdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bog‘imaydon mahallasidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Mahallada 70 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritmoqda, natijada 1 048 nafar yoshdan 949 nafarining bandligi ta’minlangan.

custom img

Samarqandda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi o‘quvchilarni kaltakladi

U kechasi 4 nafar o‘quvchilarni uyidan olib chiqib ketgan.

custom img

O‘zbekistonda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jazolar kuchaytirildi

Tegishli qonun uch oy ichida kuchga kiradi.

custom img

Farg‘onada MIB orqali 200 mln soliq qarzi undirildi

Qarzdor bankdagi hisobraqamlariga band solingan bo‘lsa-da, qarzni to‘lamay kelgan va mablag‘ majburiy ijro orqali undirilgan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi vaziyatlar markazi bilan tanishdi

Prezident ushbu yangi tizimni poytaxtning qolgan tumanlarida ham joriy etishga topshiriq berdi.

custom img

Germaniya Rossiyani Yevropa xavfsizligiga asosiy tahdid sifatida ko‘rmoqda

Bundesver mamlakat tarixida ilk bor harbiy strategiya va qurolli kuchlarni rivojlantirish konsepsiyasini qabul qildi.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tayotgan kemalardan to‘lov undirishni boshladi

Kemalardan undirilgan boj to‘lovlari hisobidan olingan ilk daromad mamlakat Markaziy banki hisobiga o‘tkazildi.

custom img

O‘zbekistonda meningit bilan kasallanish ortdi — Sanepidqo‘mita

Bolalar orasida ushbu infeksiya keng tarqalishining oldini olish maqsadida 8024 doza vaksina xarid qilinib, bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 4862 nafar fuqaro emlash bilan qamrab olindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"