O'zbekiston

Farg'onada fuqaro IIO xodimlari sababli vafot etdimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga oydinlik kiritildi.

Farg'onada fuqaro IIO xodimlari sababli vafot etdimi?

Ijtimoiy tarmoqlarida So‘x tumani Lembur MFYda yashovchi 1966-yilda tug‘ilgan fuqaro IIO xodimlari sababli vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat bo‘yicha Farg‘ona IIB rasmiy axborot berib, tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirdi.

 

 

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro M.H. joriy yilning 8-aprel kuni jamoat joyida spirtli ichimlik ichgani va mast holatda MTM da ayollar bilan janjallashib, jamoat tartibini buzgani uchun MJtKning 187-moddasi bilan profilaktika inspektori tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

 

Ertasi kuni 9-aprelda fuqaro jarima to‘lashi kerakligidan xabar topib, mast holatda bo‘la turib, profilaktika inspektori bilan tortishgani va uyiga yuborilgan holati kuzatuv kamerasida saqlanib qolgan.

 

Xabarga ko‘ra, ushbu fuqaro so‘ngi 8-10 kun davomida ovqat yemasdan faqat spirtli ichimlik iste’mol qilganligi sababli salomatligi yomonlashib, 11-aprel kuni tibbiyot muassasasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan 13-aprel kuni shifoxonada vafot etgan.

 

Tibbiyot muassasasining dastlabki xulosasida bemorning o‘limiga surunkali spirtli ichimlik iste’mol qilish va alkogoldan kuchli zaharlanish sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.

 

Hozirda holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

custom img

Germaniya Rossiyani Yevropa xavfsizligiga asosiy tahdid sifatida ko‘rmoqda

Bundesver mamlakat tarixida ilk bor harbiy strategiya va qurolli kuchlarni rivojlantirish konsepsiyasini qabul qildi.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tayotgan kemalardan to‘lov undirishni boshladi

Kemalardan undirilgan boj to‘lovlari hisobidan olingan ilk daromad mamlakat Markaziy banki hisobiga o‘tkazildi.

custom img

“Kimyoviy profilaktika tadbirlari amalga oshirilmoqda”

Sanepidqo‘mita bolalar orasida meningit kasalligi avj olgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

custom img

Jomboy tuman IIB sobiq boshlig‘i jinoiy jazoga tortildi

3 yilga yaqin Jomboy tuman IIBni boshqargan O‘ktam Xoliqov sudlandi. U tumandagi faoliyati davomida mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilgan. Xususan, chorvachi ayoldan qariyib 100 mln so‘mga 6 bosh qoramol sotib olib, uning pulini bermay yurgan. Ayol pul mablag‘ining bir qismini sud orqali olgan.

custom img

O‘zbekistonda uy-joyga muhtoj yosh oilalarga ipoteka kreditlari beriladi

Ipoteka kreditlari bo‘yicha hisoblangan foiz to‘lovlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan yuqori qismi davlat budjeti hisobidan qoplanadi.

custom img

O‘zbekistonda kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzlarini undirish tartibi soddalashtirildi

Shuningdek, bir qator qarzdorliklar uchun fuqarolar bank hisoblaridan mablag‘ yechib olish taqiqlandi, ammo ish haqi va pensiyadan undirish saqlab qolindi.

custom img

Nukusda xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda

Qoraqalpog‘istonning turizm salohiyatini kashf qilish va uni dunyoga tanish uchun Nukusda Destination Karakalpakstan — 2026 forumi boshlandi.

custom img

Qashqadaryoda Media haftalikning uchinchi kuni bo‘lib o‘tdi

Tadbir davomida ishtirokchilar faqat tinglovchi sifatida emas, balki faol bahs-munozara ishtirokchisi sifatida qatnashdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"