O'zbekiston

Nukusda xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda

Qoraqalpog‘istonning turizm salohiyatini kashf qilish va uni dunyoga tanish uchun Nukusda Destination Karakalpakstan — 2026 forumi boshlandi.

Nukusda xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda

Bugun Nukus shahrida Destination Karakalpakstan — 2026 xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda voqea joyida Zamon.uz muxbiri ma’lum qildi. 

 

Mazkur xalqaro forum O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududning boy tarixiy-madaniy merosi, noyob tabiiy obyektlari va investitsion imkoniyatlarini targ‘ib qilishni maqsad qilgan.

 

Forumning asosiy maqsadi — Qoraqalpog‘istonni Markaziy Osiyodagi istiqbolli turizm destinatsiyalaridan biri sifatida shakllantirish, yangi tur paketlar yaratish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishdan iborat.

 

Qoraqalpog‘istonda tashkil qilingan Destination forumida Yevropa va Osiyoning 15 dan ortiq davlatidan, jumladan Fransiya, Italiya, Norvegiya, Shveysariya, Belgiya, Turkiya, Bosniya va Gersegovina, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Pokiston va Xitoy kabi mamlakatlardan yetakchi turoperatorlar ishtirok etmoqda.

custom img

Germaniya Rossiyani Yevropa xavfsizligiga asosiy tahdid sifatida ko‘rmoqda

Bundesver mamlakat tarixida ilk bor harbiy strategiya va qurolli kuchlarni rivojlantirish konsepsiyasini qabul qildi.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tayotgan kemalardan to‘lov undirishni boshladi

Kemalardan undirilgan boj to‘lovlari hisobidan olingan ilk daromad mamlakat Markaziy banki hisobiga o‘tkazildi.

custom img

“Kimyoviy profilaktika tadbirlari amalga oshirilmoqda”

Sanepidqo‘mita bolalar orasida meningit kasalligi avj olgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

custom img

Jomboy tuman IIB sobiq boshlig‘i jinoiy jazoga tortildi

3 yilga yaqin Jomboy tuman IIBni boshqargan O‘ktam Xoliqov sudlandi. U tumandagi faoliyati davomida mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilgan. Xususan, chorvachi ayoldan qariyib 100 mln so‘mga 6 bosh qoramol sotib olib, uning pulini bermay yurgan. Ayol pul mablag‘ining bir qismini sud orqali olgan.

custom img

O‘zbekistonda uy-joyga muhtoj yosh oilalarga ipoteka kreditlari beriladi

Ipoteka kreditlari bo‘yicha hisoblangan foiz to‘lovlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan yuqori qismi davlat budjeti hisobidan qoplanadi.

custom img

O‘zbekistonda kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzlarini undirish tartibi soddalashtirildi

Shuningdek, bir qator qarzdorliklar uchun fuqarolar bank hisoblaridan mablag‘ yechib olish taqiqlandi, ammo ish haqi va pensiyadan undirish saqlab qolindi.

custom img

Qashqadaryoda Media haftalikning uchinchi kuni bo‘lib o‘tdi

Tadbir davomida ishtirokchilar faqat tinglovchi sifatida emas, balki faol bahs-munozara ishtirokchisi sifatida qatnashdi.

custom img

Farg'onada fuqaro IIO xodimlari sababli vafot etdimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga oydinlik kiritildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"