O'zbekiston

Oʻzbekiston aeroportlari uch oyda qariyb 4 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi

Joriy yilning birinchi choragida aeroportlar 30 mingdan ortiq reysni amalga oshirdi, asosiy ulush xalqaro qatnovlarga toʻgʻri keladi.

Oʻzbekiston aeroportlari uch oyda qariyb 4 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi

 

Uzbekistan Airports 2026-yilning yanvar–mart oylaridagi faoliyat yakunlarini e’lon qildi. Hisobot davrida mamlakat aeroportlarida yoʻlovchi tashish, reyslar soni hamda yuk aylanmasi boʻyicha barqaror oʻsish qayd etildi.

 

Joriy yilning dastlabki uch oyida respublika aeroportlari orqali jami 30 859 ta reys amalga oshirilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 10 foizga yuqori. Shundan 22 885 tasi xalqaro, 7 974 tasi ichki reyslar hissasiga toʻgʻri keladi.

 

Mazkur davrda umumiy yoʻlovchilar oqimi 3 million 987 ming 313 nafarni tashkil etdi. Ularning 3,32 million nafari xalqaro, 663,5 ming nafari esa ichki yoʻnalishlarda safar qilgan. Bu esa 2025-yilning birinchi choragiga nisbatan 19 foizlik oʻsishni anglatadi.

 

Mamlakatning eng yirik aviatsiya markazi sifatida Toshkent xalqaro aeroporti yetakchilikni saqlab qolmoqda. Ushbu aeroport orqali 2,56 million yoʻlovchi qatnovi amalga oshirilgan hamda qariyb 19 ming reysga xizmat koʻrsatilgan.

 

Mintaqaviy aeroportlar orasida yoʻlovchilar soni boʻyicha quyidagi ko‘rsatkichlar qayd etildi:

  • Samarqand — 376,4 ming yoʻlovchi
  • Urganch — 222 ming yoʻlovchi
  • Namangan — 210,1 ming yoʻlovchi
  • Fargʻona — 161,2 ming yoʻlovchi

 

Shuningdek, yuk tashish segmentida ham ijobiy oʻsish kuzatildi. Birinchi chorak davomida aeroportlar orqali 19 783 tonna yuk va pochta tashilgan bo‘lib, bu oʻtgan yilga nisbatan 14 foizga ko‘pdir.

 

Mazkur natijalar Oʻzbekiston aviatsiya tarmogʻining izchil rivojlanayotgani, xalqaro yoʻnalishlar tarmog'ining kengayayotgani va mamlakat ichidagi harakatlanishning bosqichma-bosqich oshib borayotganini tasdiqlaydi.

custom img

Germaniya Rossiyani Yevropa xavfsizligiga asosiy tahdid sifatida ko‘rmoqda

Bundesver mamlakat tarixida ilk bor harbiy strategiya va qurolli kuchlarni rivojlantirish konsepsiyasini qabul qildi.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tayotgan kemalardan to‘lov undirishni boshladi

Kemalardan undirilgan boj to‘lovlari hisobidan olingan ilk daromad mamlakat Markaziy banki hisobiga o‘tkazildi.

custom img

“Kimyoviy profilaktika tadbirlari amalga oshirilmoqda”

Sanepidqo‘mita bolalar orasida meningit kasalligi avj olgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

custom img

Jomboy tuman IIB sobiq boshlig‘i jinoiy jazoga tortildi

3 yilga yaqin Jomboy tuman IIBni boshqargan O‘ktam Xoliqov sudlandi. U tumandagi faoliyati davomida mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilgan. Xususan, chorvachi ayoldan qariyib 100 mln so‘mga 6 bosh qoramol sotib olib, uning pulini bermay yurgan. Ayol pul mablag‘ining bir qismini sud orqali olgan.

custom img

O‘zbekistonda uy-joyga muhtoj yosh oilalarga ipoteka kreditlari beriladi

Ipoteka kreditlari bo‘yicha hisoblangan foiz to‘lovlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan yuqori qismi davlat budjeti hisobidan qoplanadi.

custom img

O‘zbekistonda kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzlarini undirish tartibi soddalashtirildi

Shuningdek, bir qator qarzdorliklar uchun fuqarolar bank hisoblaridan mablag‘ yechib olish taqiqlandi, ammo ish haqi va pensiyadan undirish saqlab qolindi.

custom img

Nukusda xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda

Qoraqalpog‘istonning turizm salohiyatini kashf qilish va uni dunyoga tanish uchun Nukusda Destination Karakalpakstan — 2026 forumi boshlandi.

custom img

Qashqadaryoda Media haftalikning uchinchi kuni bo‘lib o‘tdi

Tadbir davomida ishtirokchilar faqat tinglovchi sifatida emas, balki faol bahs-munozara ishtirokchisi sifatida qatnashdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"