O'zbekiston

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Jurnalistlar uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Yangi kelishuv asosida oila va xotin-qizlar masalalarini OAVda keng yoritish, treninglar va media tashabbuslar amalga oshiriladi.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Jurnalistlar uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

 

2026-yil 22-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.

 

Mazkur hujjat Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Mahkamova hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Shuhrat Oripov o‘rtasidagi uchrashuv yakunida rasmiylashtirildi.

 

Muloqot davomida oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish, shuningdek, ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish masalalari muhokama qilindi.

 

Memorandumga muvofiq, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi o‘z a’zolarini jalb qilgan holda oila va xotin-qizlar sohasidagi davlat siyosati, mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar hamda ijtimoiy tashabbuslarni ommaviy axborot vositalarida keng targ‘ib etishda faol ishtirok etadi.

 

Tomonlar hamkorlik doirasida bir qator yo‘nalishlarda qo‘shma ishlarni amalga oshiradi. Jumladan, mamlakatimizda oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va faolligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni xalqaro maydonda targ‘ib qilish, xorijiy auditoriyaga mo‘ljallangan jurnalistik materiallar tayyorlash, “Oltin qalam”, “Atirgul” kabi ko‘rik-tanlovlar orqali, shuningdek, ijodiy loyihalar va media tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish eng yaxshi jurnalistik materiallarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, jurnalistlar uchun mediaturlar, matbuot anjumanlari va brifinglarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, qo‘mita tizimi xodimlari hamda xotin-qizlar faollarining OAV bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazish ham nazarda tutilgan.

 

Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda faol jurnalist va blogerlarni rag‘batlantirish, qo‘mita axborot xizmatiga raqamli kommunikatsiyalar bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish, soha faxriylarini e’zozlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish yuzasidan ham o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

 

Mazkur memorandum oila va xotin-qizlar masalalarini keng jamoatchilikka yetkazish, jamiyatda sog‘lom muhitni mustahkamlash hamda media sohasida samarali hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

custom img

Germaniya Rossiyani Yevropa xavfsizligiga asosiy tahdid sifatida ko‘rmoqda

Bundesver mamlakat tarixida ilk bor harbiy strategiya va qurolli kuchlarni rivojlantirish konsepsiyasini qabul qildi.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tayotgan kemalardan to‘lov undirishni boshladi

Kemalardan undirilgan boj to‘lovlari hisobidan olingan ilk daromad mamlakat Markaziy banki hisobiga o‘tkazildi.

custom img

“Kimyoviy profilaktika tadbirlari amalga oshirilmoqda”

Sanepidqo‘mita bolalar orasida meningit kasalligi avj olgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

custom img

Jomboy tuman IIB sobiq boshlig‘i jinoiy jazoga tortildi

3 yilga yaqin Jomboy tuman IIBni boshqargan O‘ktam Xoliqov sudlandi. U tumandagi faoliyati davomida mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilgan. Xususan, chorvachi ayoldan qariyib 100 mln so‘mga 6 bosh qoramol sotib olib, uning pulini bermay yurgan. Ayol pul mablag‘ining bir qismini sud orqali olgan.

custom img

O‘zbekistonda uy-joyga muhtoj yosh oilalarga ipoteka kreditlari beriladi

Ipoteka kreditlari bo‘yicha hisoblangan foiz to‘lovlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan yuqori qismi davlat budjeti hisobidan qoplanadi.

custom img

O‘zbekistonda kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzlarini undirish tartibi soddalashtirildi

Shuningdek, bir qator qarzdorliklar uchun fuqarolar bank hisoblaridan mablag‘ yechib olish taqiqlandi, ammo ish haqi va pensiyadan undirish saqlab qolindi.

custom img

Nukusda xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda

Qoraqalpog‘istonning turizm salohiyatini kashf qilish va uni dunyoga tanish uchun Nukusda Destination Karakalpakstan — 2026 forumi boshlandi.

custom img

Qashqadaryoda Media haftalikning uchinchi kuni bo‘lib o‘tdi

Tadbir davomida ishtirokchilar faqat tinglovchi sifatida emas, balki faol bahs-munozara ishtirokchisi sifatida qatnashdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"