O'zbekiston

Andijonda iqlimga mos suv ta’minoti loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi

Mazkur loyiha Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida moliyalashtirilmoqda.

Andijonda iqlimga mos suv ta’minoti loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi

 

Andijon viloyatida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda kanalizatsiya xizmatlarini yaxshilashga qaratilgan yirik loyiha doirasida jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.

 

Mazkur loyiha Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida moliyalashtirilib, O‘zbekiston Prezidentining 2022-yil 24-maydagi 257-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. U “Iqlim sharoitiga mos suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlarini ko‘rsatish” dasturi asosida hayotga tatbiq etilmoqda.

 

Jamoatchilik eshituvida mahalliy aholi vakillari, fuqarolar yig‘inlari raislari, davlat tashkilotlari mutasaddilari, ekologik tashkilotlar hamda loyiha tashabbuskorlari ishtirok etdi.

 

Tadbir davomida loyihaning asosiy maqsad va vazifalari, amalga oshirish bosqichlari hamda atrof-muhitga ehtimoliy ta’siri yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, qurilish jarayonida ekologik xavflarni kamaytirish bo‘yicha ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

 

Mutaxassislar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantirishga doir rejalashtirilgan ishlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi. Loyiha doirasida aholi uchun qulayliklar yaratish, sanitariya holatini yaxshilash hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash ustuvor yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.

 

Eshituv jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, loyihani amalga oshirishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

 

Ta’kidlanishicha, bunday tashabbuslar aholi salomatligini mustahkamlash, turmush darajasini oshirish hamda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

2030-yilgacha kommunal infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"