O'zbekiston

Nukusda 6000 ta pirotexnika vositalari yo‘q qilindi

Shuningdek, ijro harakatlari davomida 363 ta dori vositalari ham yo‘q qilingan.

Nukusda 6000 ta pirotexnika vositalari yo‘q qilindi

Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan, Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning qarorlariga asosan Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan olib qo‘yilgan jami 6 088 ta perotexnika vositalarni yo‘q qilish belgilangan edi.

 

Ushbu sud qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va Nukus shahar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida yo‘q qilinishi belgilangan pirotexnikalar tegishli idoralar xodimlari ishtirokida joriy yilning 7-fevral kuni yo‘q qilinib, sud qarorlari ijrosi amalda taʼminlandi.

 

Bundan tashqari, shu kunning o‘zida inson sog‘ligiga zararli bo‘lishi mumkin bo‘lgan 363 ta dori vositalari ham yo‘q qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"