Jahon

AQSHda 1,6 mln noqonuniy muhojir deportatsiya qilinishi mumkin

Ushbu shaxslarning qariyb 800 ming nafari jinoiy yozuvlarga ega.

AQSHda 1,6 mln noqonuniy muhojir deportatsiya qilinishi mumkin

 

ICE maʼlumotlariga ko‘ra, AQSH hududida yashayotgan taxminan 1,6 million nafar hujjatsiz muhojir deportatsiya qilinishi mumkin. Bu haqda TASS xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, bu haqda ICE direktorining vazifasini bajaruvchi Todd Lyons Senat qo‘mitasidagi tinglovlar davomida axborot bergan. Unga ko‘ra, ushbu shaxslarning qariyb 800 ming nafari jinoiy yozuvlarga ega.

 

Shuningdek, rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, immigratsiya nazorati organlari tomonidan ilgari xorijiy fuqarolardan iborat minglab uyushgan jinoyatchilik guruhlari aʼzolari hamda terrorizm bilan bog‘liq shaxslar aniqlanib, qo‘lga olingan.

 

Oldinroq Kristi Noem 2025 yilga borib mamlakatni millionlab muhojirlar tark etishi mumkinligini, ularning bir qismi majburiy deportatsiya qilinishini maʼlum qilgan edi.

 

Mutaxassislar fikricha, noqonuniy migratsiyaga qarshi choralar kuchaytirilishi AQSHning ichki xavfsizlik siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"