Sport

Saudiya klublari Mohamed Salahni Ronalduning o'rniga tayyorlamoqda

Ronalduning yaqin orada ligani tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida, Saudiya “Liverpool” yulduzining haftalik maoshini uch baravar oshirishni taklif qilmoqda.

Saudiya klublari Mohamed Salahni Ronalduning o'rniga tayyorlamoqda

 

 


“Liverpool” hujumchisi Mohamed Salah faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. “Mirror” nashriga ko‘ra, Saudiya klublari 33 yoshli yulduzga hozirgi maoshini uch baravar oshirish taklifini taqdim qilmoqda.

 

Agar Salah taklifni qabul qilsa, uning haftalik maoshi 1,2 mln funt (1,38 mln yevro)ga yetadi. Saudiyaliklar uni chempionatning asosiy yulduzi sifatida ko‘rishni rejalashtirmoqda. Bu esa Krishtianu Ronalduning yaqin orada ligani tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida alohida ahamiyatga ega.

 

“Liverpool” klubi esa Salahni sotib yuborish orqali maosh jamg‘armasini kamaytirish va katta transfer summasiga ega bo‘lishni maqsad qilmoqda. Klub JCh-2026 boshlanishidan oldin kelishuvni yakunlashni rejalashtirmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, 41 yoshli Ronaldo Saudiya investitsiya fondi boshqaruvidan norozi bo‘lib, “Al Nasr” o‘yinlarini boykot qilmoqda. U yozda MLS yoki Yevropa chempionatlariga qaytishi kutilmoqda. Salah esa uning o‘rnini bosishi kerak bo‘lgan asosiy figura sifatida ko‘rilmoqda.

 

Hozirda Salahning “Liverpool” bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi va haftalik 400 ming funt maosh olmoqda. “Transfermarkt”ga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 30 mln yevro atrofida baholangan.

custom img

Meliqo‘ziyev ganalik raqibini texnik nokautga uchratdi

U shu tariqa WBA Continental Americas kamarini himoya qildi va 17-g‘alabasini qayd etdi.

custom img

“Darhol yo‘lga chiq”: Tramp Ronalduni AQSHga chaqirdi

Amerika rahbari Krishtianuni eng buyuk futbolchi deb atadi.

custom img

O‘zbekiston sportchilari qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini medalsiz yakunladi

Mamlakat sharafini short-trekchi Daniil Yeybog va tog‘ chang‘ichisi Medet Nazarov himoya qildi.

custom img

Husanov transferidan keyin O‘zbekiston Manchester City uchun strategik bozorga aylandi

“Manchester Evening News” e’tirofiga ko‘ra, Abduqodir Husanovning Manchester Cityga transferi klub tarixidagi eng kuchli raqamli portlashlardan birini keltirib chiqardi: atigi bir necha hafta ichida O‘zbekiston “Siti”ning eng faol auditoriyasiga aylandi, millionlab muxlislar esa ingliz klubini global trendga olib chiqdi.

custom img

O‘zbekiston vakillari qishki Olimpiadadagi debyut ishtirokini yakunladi

Short-trekda Daniil Eybog 14-o‘rinni egalladi, tog‘ chang‘isida Medet Nazarov gigant-slalomda 50-pog‘onadan joy oldi.

custom img

FIDE Freestyle Jahon chempionati: Abdusattorov va Sindarov 4-turda mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonlik grossmeysterlar Hans Niemann va Arjun Erigaisiga imkoniyatni boy berdi, keyingi turda esa ular o‘zaro bahs olib boradi.

custom img

"Al Nasr" Ronalduga vaziyatni barqarorlashtirishga va’da berdi

Klub rahbari iste’foga chiqarilishi mumkin.

custom img

Saudiya klublari Mohamed Salahni Ronalduning o'rniga tayyorlamoqda

Ronalduning yaqin orada ligani tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida, Saudiya “Liverpool” yulduzining haftalik maoshini uch baravar oshirishni taklif qilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"