Sport

Nodirbek Abdusattorov Tata Steel Chess turniri chempioni bo‘ldi

Umumiy sovrin jamg‘armasi 1,2 million AQSH dollarini tashkil etadigan musobaqa dunyoning eng nufuzli shaxmat turnirlaridan biri hisoblanadi.

Nodirbek Abdusattorov Tata Steel Chess turniri chempioni bo‘ldi

 

 

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha 2026-yilgi Tata Steel Chess turnirida o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov chempionlikni qo‘lga kiritdi. Umumiy sovrin jamg‘armasi 1,2 million AQSH dollarini tashkil etadigan musobaqa dunyoning eng nufuzli shaxmat turnirlaridan biri hisoblanadi.

 

Masters guruhi doirasidagi 13-tur uchrashuvida Abdusattorov hindistonlik Arjun Erigaisi ustidan g‘alaba qozonib, ochkolari sonini 9 taga yetkazdi. Ushbu natija unga turnir jadvalida yakka peshqadam sifatida birinchi o‘rinni ta’minladi va chempionlikni rasman kafolatladi.

 

Turnir davomida Nodirbek bir qator kuchli raqiblar ustidan muhim g‘alabalarga erishdi. Xususan, u jahon chempioni Gukesh Dommaraju, germaniyalik Vinsent Keymer va Mattias Bluebaumni mag‘lub etdi. Shuningdek, bir nechta uchrashuvlar durang bilan yakunlandi, faqat bitta partiyada mag‘lubiyat qayd etildi.

 

Ma’lumot uchun, Nodirbek Abdusattorov avvalgi yillarda ham Tata Steel Chess turnirida sovrinli o‘rinlarni egallab kelgan. U 2023-yilda ikkinchi, 2024 va 2025-yillarda uchinchi o‘rinni olgan edi. 2026-yilgi musobaqada esa u faoliyatidagi eng muhim yutuqlardan biriga erishib, uzoq kutilgan chempionlikni qo‘lga kiritdi.

custom img

Meliqo‘ziyev ganalik raqibini texnik nokautga uchratdi

U shu tariqa WBA Continental Americas kamarini himoya qildi va 17-g‘alabasini qayd etdi.

custom img

“Darhol yo‘lga chiq”: Tramp Ronalduni AQSHga chaqirdi

Amerika rahbari Krishtianuni eng buyuk futbolchi deb atadi.

custom img

O‘zbekiston sportchilari qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini medalsiz yakunladi

Mamlakat sharafini short-trekchi Daniil Yeybog va tog‘ chang‘ichisi Medet Nazarov himoya qildi.

custom img

Husanov transferidan keyin O‘zbekiston Manchester City uchun strategik bozorga aylandi

“Manchester Evening News” e’tirofiga ko‘ra, Abduqodir Husanovning Manchester Cityga transferi klub tarixidagi eng kuchli raqamli portlashlardan birini keltirib chiqardi: atigi bir necha hafta ichida O‘zbekiston “Siti”ning eng faol auditoriyasiga aylandi, millionlab muxlislar esa ingliz klubini global trendga olib chiqdi.

custom img

O‘zbekiston vakillari qishki Olimpiadadagi debyut ishtirokini yakunladi

Short-trekda Daniil Eybog 14-o‘rinni egalladi, tog‘ chang‘isida Medet Nazarov gigant-slalomda 50-pog‘onadan joy oldi.

custom img

FIDE Freestyle Jahon chempionati: Abdusattorov va Sindarov 4-turda mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonlik grossmeysterlar Hans Niemann va Arjun Erigaisiga imkoniyatni boy berdi, keyingi turda esa ular o‘zaro bahs olib boradi.

custom img

"Al Nasr" Ronalduga vaziyatni barqarorlashtirishga va’da berdi

Klub rahbari iste’foga chiqarilishi mumkin.

custom img

Saudiya klublari Mohamed Salahni Ronalduning o'rniga tayyorlamoqda

Ronalduning yaqin orada ligani tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida, Saudiya “Liverpool” yulduzining haftalik maoshini uch baravar oshirishni taklif qilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"