O'zbekiston

Inklyuziv ta’lim joriy etilgan maktablar sonini 1900 taga yetkazish rejalashtirilmoqda

2025-yilda mazkur ta'lim jarayoniga 1000 nafar nogiron bola qamrab olingan.

Inklyuziv ta’lim joriy etilgan maktablar sonini 1900 taga yetkazish rejalashtirilmoqda

 

Mamlakatimizda 2020 – 2025 yillarda inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq, “ta’lim barcha uchun” tamoyili asosida 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab respublika bo‘yicha tajriba-sinov tariqasida 31 ta umumta’lim maktablarida inklyuziv sinflar tashkil etilib, ularda 122 nafar alohida ta’lim ehtiyojiga muhtoj bolalar ta’limga jalb etilgan bo‘lsa, 2024/2025 o‘quv yilida inklyuziv ta’lim joriy etilgan maktablar soni 950 tani, ularda ta’lim olayotgan nogironligi bo‘lgan bolalar soni 1 845 nafarni (shundan, 2024-yil davomida 421 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida 651 nafar bolalar) tashkil qilmoqda.

 

Inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq “ta’lim barcha uchun” tamoyili asosida inklyuziv ta’limni bosqichma-bosqich joriy etishni davom ettirish maqsadida har bir tuman (shahar)da kamida bittadan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (bog‘chalar) da inklyuziv guruhlar tashkil etib, 2025-yilda 1000 nafar nogiron bolani qamrab olinadi.

 

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan maktab o‘quvchilarining jamiyatga moslashuvchanligini ta’minlash bo‘yicha inklyuziv ta’lim joriy etilgan maktablar sonini 1 900 taga (hozirda 950 ta) yetkazish va qo‘shimcha 1 900 nafar nogironligi bo‘lgan bolani o‘z tengdoshlari qatorida ta’lim olishlariga imkoniyat yaratish rejalashtirilgan.

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

2030-yilgacha kommunal infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"