O'zbekiston

O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilgan “Ma’rifat karvoni” tadbirlari yakunlariga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi

“Ma’rifat karvoni” tadbirlarini kelgusi yildan boshlab yiliga to‘rt marotaba o‘tkazish taklif etildi.

O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilgan “Ma’rifat karvoni” tadbirlari yakunlariga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi

 

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” shiori ostidagi “Ma’rifat karvoni” yakuni bo‘yicha “Erishilgan yutuq va kamchiliklar: istiqboldagi rejalar” mavzusida anjuman o‘tkazildi.

 

Unda Islom sivilizatsiyasi markazi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbar-xodimlari, yetakchi olimlar, san’atshunoslar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Anjumanda Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimovlar so‘zga chiqdi.

 

Tadbir avvalida mas’ullar “Ma’rifat karvoni” tadbirlarining samarasi, maqsadi va ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tishdi. Joylarda o‘tgan tarbirlarda mamlakat ziyolilarini bir g‘oya ostida birlashgani, jamiyat taraqqiyoti, rivoji yo‘lida ularni bir yerga jamlangani alohida e’tirof etildi. Ushbu an’ana jadid bobolarimizdan merosligi, bu esa, aslida, Uchinchi Renessansning poydevori ekanligi ta’kidlandi. “Ma’rifat karvoni” tadbirlari kelgusi yildan boshlab yiliga to‘rt marotaba o‘tkazilishi taklifi berildi.

 

 

Ma’lumot o‘rnida “Ma’rifat karvoni” tadbirlarini tashkil etish uchun Respublikadan ishtirok etuvchi olimlar, ziyolilar, yozuvchi va shoirlardan iborat jami 68 nafarni tashkil etgan respublika targ‘ibot guruhi a’zolari shakllantirildi. Mazkur tadbirlarga 14 ta hududdan 80 mingga yaqin ishtirokchi qamrab olindi. Anjuman so‘ngida ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etgan bir guruh olimlar, taqdirlandi.

 

 

Bundan tashqari tadbir davomida Islom sivilizatsiyasi markazining mega-loyihasi bo‘yicha videorolik namoyish etildi. Unda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar: muhim xalqaro aloqalar, topilma va kashfiyotlar, yirik xalqaro tadbirlar kabi voqeliklar aks etgan.

custom img

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Tergov-tezkor guruhi tuzilib, hodisa sabablarini aniqlash va hujjatlashtirish ishlari boshlangan.

custom img

Misrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi

Elchixona diplomatlari tomonidan mahrumning yaqinlariga aviakompaniya bilan bog‘liq va dafn marosimlari kabi tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam berildi.

custom img

Jizzax viloyatida ta’lim sohasi mansabdori pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

U Maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga muassasa rahbaridan 4 million 800 ming so‘m pul talab qilgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan.

custom img

Toshkentning 9 ta hududida yangi jamoat parklari barpo etiladi

Prezident poytaxtda urbanizatsiya jarayonlari va yashil hududlarni kengaytirish boʻyicha takliflar bilan tanishdi.

custom img

Toshkent-Dushanbe yo‘nalishida davlat avtobusi qantovi yo‘lga qo‘yildi

Qatnovlar hozircha haftasiga ikki marta amalga oshiriladi.

custom img

Meksika hukumati Ilon Maskni sudga bermoqchi

Bunga milliarderning Meksika prezidentini tanqid qilgani sabab bo‘lgan.

custom img

Toshkent viloyatida giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruhlar fosh etildi

So‘nggi 40 kun ichida Zangiota tumanida narkotik moddalar bilan bog‘liq 16 ta jinoyat aniqlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"