O'zbekiston

Prezident Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefonlashdi

Tomonlar barcha ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlik sezilarli faollashganini katta mamnuniyat bilan qayd etishgan.

Prezident Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefonlashdi

 

28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

 

Suhbat avvalida O‘zbekiston Prezidenti va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi bir-birini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan dildan qutlab, qardosh xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini bildirdilar.

 

Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga o‘zining samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yo‘lladi. O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va chuqurlashgan strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Ilgari erishilgan, shu jumladan parlamentlararo muloqot doirasidagi kelishuvlar ijrosining borishi muhokama qilindi.

 

Tomonlar barcha ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlik sezilarli faollashganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar. O‘zaro savdo hajmi oshmoqda – 2023 yil yakuni bilan tovar ayirboshlash 1 milliard dollardan ortadi. Poytaxt Toshkent va Ashxobod shaharlarida savdo uylari ochildi, birgalikda “Shovot-Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasini barpo etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

 

Sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport sohalarida ikki mamlakat yetakchi korxonalarining kooperatsiyasi kuchaymoqda, hududlararo aloqalar kengaymoqda. Joriy yilda Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Qo‘shma madaniy-gumanitar tadbirlar, shu jumladan Madaniyat kunlari va ijodiy jamoalarning safarlari o‘tkazilmoqda.

 

Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning amaliy jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi. 2024-yilga mo‘ljallangan uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi.

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

2030-yilgacha kommunal infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"