O'zbekiston

Nima uchun poytaxtdagi yer usti piyodalar o‘tish joylaridagi lift va eskalatorlar ishlamaydi?

Senatning 48-yalpi majlisida bu holatga izoh berildi.

Nima uchun poytaxtdagi yer usti piyodalar o‘tish joylaridagi lift va eskalatorlar ishlamaydi?

 

Senatorlar aholini qiynayotgan muammolarni ko‘tarishda davom etib, Senatning 48-yalpi majlisida Toshkent shahri yo‘llaridagi yer usti piyodalar o‘tish joylaridan (ko‘priklar)da lift va eskalatorlar ishlamasligi tufayli piyodalar, ayniqsa keksalar, homiladorlar, yosh bolalilar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar turli qiyinchiliklarga duch kelayotganiga to‘xtaldi.

 

Xususan, Muqimiy (“Novza” metro bekati), Abdulla Qodiriy ko‘chalaridagi ko‘priklarda lift va eskalatorlar ishlamasligini, Muqimiy va Lutfiy ko‘chalari kesishmasidagi 2 ta ko‘prik va Shota Rustaveli ko‘chasidagi ko‘prikda lift yoki eskalatorning o‘zi yo‘qligini alohida ta’kidlandi.

 

Chindan ham ushbu masala dolzarb ekanligini kuni kecha ijtimoiy tarmoqda ushbu masalaga oid video ham tarqaldi. Unda odamlar, ayniqsa keksalarimiz, yosh bolalilar va nogironligi bo‘lgan shaxslar ko‘priklardan o‘tishda qiynalayotgani va tabiiyki, norozi bo‘layotganini ko‘rish mumkin. Mazkur masala yuzasidan Toshkent shahar hokimligi hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi vakillarining izohlari eshitildi.

 

Ko‘priklar aholiga qulaylik yaratish uchun qurilganligi inobatga olinib, ushbu muammolarni hal etish yuzasidan Toshkent shahar hokimligi va boshqa tegishli tashkilotlarga vazifalar yuklandi.

 

Muhokamalar davomida ushbu masala Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi nazorati ostida bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

2030-yilgacha kommunal infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"