O'zbekiston

600 kgdan ortiq yaroqsiz go‘shtni olib ketayotgan shaxslar ushlandi

Ayni vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

600 kgdan ortiq yaroqsiz go‘shtni olib ketayotgan shaxslar ushlandi

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan "Umakay" YPX maskanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi-Samarqand-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan fuqaro F.E. boshqaruvidagi Cobalt avtomashinasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, fuqaro B.X. jami 500 kg iste’molga yaroqsiz qoramol go‘shtini Toshkent shahrida o‘tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Yana bir holatda esa Samarqand-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan fuqaro E.M. boshqaruvidagi Isuzi yuk avtomashinasida fuqaro N.R. jami 165 kg iste’molga yaroqsiz qoramol go‘shtini Toshkent shahrida o‘tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan JKning 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

2030-yilgacha kommunal infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

600 kgdan ortiq yaroqsiz go‘shtni olib ketayotgan shaxslar ushlandi