O'zbekiston

Notariuslar litsenziyasi amal qilishini to‘xtatib turadigan holatlar ro‘yxati kengaydi

Bu haqda Adliya vaziri tegishli farmonni imzoladi

Notariuslar litsenziyasi amal qilishini to‘xtatib turadigan holatlar ro‘yxati kengaydi

 

Adliya vaziri tomonidan "Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi buyruq imzolandi.

 

O‘zgarishlarga ko‘ra, notarius litsenziyasining amal qilishi to‘xtatib turilgan davrda ushbu notarius tomonidan sodir etilgan boshqa qoidabuzarlik uchun malaka komissiyasi tomonidan yangi qaror qabul qilinadi. Bunda, qoidabuzarlik uchun litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish bo‘yicha qo‘llanilgan yangi muddat dastlabki muddat o‘tishi boshlangan kundan boshlab hisoblanadi.

 

Shuningdek, sodir etilganda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turadigan qoidabuzarliklar ro‘yxati kengaymoqda:

 

  • notarial tasdiqlangan hujjatga uning aniq arifmetik xatolarini tuzatish belgilangan tartibda amalga oshirilmagani – 15 kunga;

  • notarial harakatni amalga oshirish turiga rioya etilmagani – 1 oyga;

  • notarial harakatlar asosida vujudga keladigan ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar haqidagi maʼlumotlarni Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga kiritish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga yuborilmagani, qonunchilik hujjatlarida yuborilishi belgilanmagan hollar bundan mustasno – 15 kun;

  • jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarga amal qilinmagani – 1 oyga;

  • qonunchilik hujjatlarida bajarilishiga to‘g‘ridan to‘g‘ri cheklov mavjud bo‘lgan notarial harakat amalga oshirilgani –  6 oyga;

  • notarius tomonidan notarial idora xodimi yoki boshqa shaxsning notarial harakat uchun qonunchilik hujjatlarida belgilanganidan tashqari moddiy manfaat ko‘rishiga yo‘l qo‘yilgani – 4 oyga;

  • ish vaqti davomida uzrli sabablarsiz ish joyida bo‘lmagani – 15 kun;

  • qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan hollarda mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga taqiq qo‘yilgani – 3 oyga;

  • notarial faoliyatni tashkil etishga oid minimal talablarning bittasi yoki bir nechtasi bajarilmagani –  15 kunga (agar 15 kunda bartaraf etilmasa, bartaraf etilguniga qadar).

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

2030-yilgacha kommunal infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Notariuslar litsenziyasi amal qilishini to‘xtatib turadigan holatlar ro‘yxati kengaydi