O'zbekiston

Xorazmlik pedofillarga nisbatan jinoyat ishini ko'rib chiqish vaqtinchalik to'xtatildi

Ayblanuvchilarga nisbatan uy qamog'i jazosi tayinlangan edi.

Xorazmlik pedofillarga nisbatan jinoyat ishini ko'rib chiqish vaqtinchalik to'xtatildi

 

Xorazm viloyatida ikki mansabdor mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqa qilib kelib, buning uchun juda yengil jazo olgani holati apellyatsiya instansiyasida qayta ko‘rib chiqilishi maʼlum qilingandi.

 

Oliy sudning xabar berishicha, mazkur jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq mazkur jinoyat ishi yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilmoqda.

 

Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasining sud majlisida prokuror sudga iltimosnoma bilan murojaat qilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 416-417-moddalari tartibida sudlanuvchilarga yangi ayblov bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish va boshqa shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish uchun jinoyat ishi hujjatlarini ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga yuborish to‘g‘risida ajrim chiqarishni so‘ragan.

 

Qayd etilishicha, apellyatsiya instansiya sudlov hayʼati prokuror iltimosnomasini qanoatlantirib, sudlanuvchilar A. M. va A. K. ga oid jinoyat ishi bo‘yicha ajrim qabul qilib, Xorazm viloyat prokurorining o‘rinbosariga yuborildi va jinoyat ishini ko‘rish 1 oylik muddatga to‘xtatildi.

 

Maʼlumot uchun, Xorazm viloyati adliya boshqarmasi sobiq boshlig‘i Oybek Masharipov va Yangiariq tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi sobiq boshlig‘i Anvar Quryazov Urganch shahridagi oilaviy mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqa qilib kelgan. Natijada Xiva tuman sudi mehribonlik uyi mudirasiga 5,5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini bergan, ikki davlat amaldoriga esa 1,5 yilga ozodlikni cheklash (tungi vaqtda uyida bo‘lish) jazosi bilan kifoyalangan edi.

custom img

Humans asoschisi Vladimir Dobrinin xalqaro qidiruvga berildi

Unga nisbatan qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni noqonuniy tashkil etish hamda pul yuvish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"