O'zbekiston

Qurilish sohasida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun 2023-yilda 1 245 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi

Shuningdek, 37,4 mlrd so‘mlik ishlar hisobotlarga qo‘shib yozilgani aniqlandi.

Qurilish sohasida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun 2023-yilda 1 245 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi

 

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori Behzod Mutalliyev 2023-yilning o‘tgan davrida qurilish sohasidagi davlat dasturlari ijrosini nazorat tadbirlarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot berdi.

 

Taʼkidlanishicha, Prokuratura organlari tomonidan joriy yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi-dagi 1 863 ta "Yangi O‘zbekiston" massivlaridagi 685 ta va mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturidagi 6 007 ta loyiha monitoringga olingan.

 

Aniqlanishicha, yuklatilgan vazifa va topshiriqlar ijrosida kamchilikka yo‘l qo‘ygan va o‘z vazifasini lozim darajada bajarmagan 436 nafar masʼullar intizomiy va 1 245 nafari maʼmuriy javobgarlikka tortildi, 2 050 nafar shaxs rasman ogohlantirildi.

 

Shuningdek, qo‘pol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 215 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda 5103 nafar fuqaro va tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklandi.

 

Bundan tashqari, obyektlardagi qurilish ishlari sifati va ish hajmlarini to‘liq bajarilishi o‘rganilib, 1 856 ta holatda 32,8 mlrd so‘mlik sifatsiz ishlar bajarilganligi hamda 775  ta holatda 37,4 mlrd so‘mlik ishlar hisobotlarga qo‘shib yozilganligi aniqlandi.

 

Shundan, 1 444 ta holatda sifatsiz bajarilgan 19,9 mlrd so‘mlik hamda 616 ta holatda hisobotlarga qo‘shib yozilgan 16,6 mlrd so‘mlik ishlar bartaraf etildi.

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

2030-yilgacha kommunal infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"