O'zbekiston

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Rossiyada bo‘lib turgan fuqarolarga murojaat qildi

Elchixona O‘zbekistonning barcha fuqarolarini odamlar gavjum joylarga tashrif buyurmaslikka chaqirdi.

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Rossiyada bo‘lib turgan fuqarolarga murojaat qildi

 

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi hozirda mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar fonida o‘zbekistonlik fuqarolarga murojaat qildi.

 

Elchixona O‘zbekistonning barcha fuqarolarini Rossiya federatsiyasi hududida amalda bo‘lgan jamoat xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilishga, Rossiya va Ukrainaning chegaradosh hududlariga sayohat qilmaslikka, odamlar gavjum joylarga tashrif buyurmaslikka chaqirdi.

 

Shuningdek, axborot maydonida tarqatilayotgan tasdiqlanmagan maʼlumotlarga berilmaslik va mamlakat rasmiy vakillarining ko‘rsatmalariga amal qilish so‘ralgan. Bundan tashqari, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida mamlakatning Rossiyadagi barcha diplomatik vakolatxonalari to‘liq ish rejimida ishlayotgani maʼlum qilindi.

 

Zarur hollarda O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasining yagona Call-markaziga zudlik bilan murojaat qilish so‘raladi, deyiladi elchixona rasmiy xabarida.

 

Maʼlumot uchun, Yevgeniy Prigojin boshchiligidagi “Vagner” yollanma askarlari Rossiyaning bir qator hududlaridagi muhim infratuzilma obektlarini egallab, Moskva tomon harakatlanayotganini maʼlum qilgandi. Shundan so‘ng Vladimir Putin rossiyaliklarga murojaat qilib, davlat to‘ntarishiga urinishlar har qanday yo‘l bilan bostirilishini maʼlum qilgandi.

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

2030-yilgacha kommunal infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"