O'zbekiston

O‘zbekiston–Turkiya o‘rtasidagi aviaqatnovlar ko‘paytiriladi

Bu bo‘yicha tomonlar kelishuvga erishdi.

O‘zbekiston–Turkiya o‘rtasidagi aviaqatnovlar ko‘paytiriladi

 

15–16 iyun kunlari Istanbul shahrida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlikni yana-da rivojlantirish maqsadida ikki davlat aviatsiya maʼmuriyatlarining maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.

 

Tadbirda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Xususan, ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini oshirish va yangi yo‘nalishlar ochish masalalari muhokama etildi.

 

Muzokaralar davomida O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi jami aviaqatnovlar sonini haftasiga 58 tadan 72 taga oshirish hamda yangi yo‘nalishlar ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Jumladan, 2023–2024 yillar davomida Toshkent va Istanbul o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini haftasiga jami 38 tadan 50 taga yetkazish hamda Qarshi, Termiz, Nukus, Namangan, Andijon shahalaridan Istanbul shahriga yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishiga kelishildi va bu bo‘yicha tegishli hujjat imzolandi.

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

2030-yilgacha kommunal infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

O‘zbekiston–Turkiya o‘rtasidagi aviaqatnovlar ko‘paytiriladi