O'zbekiston

Inshootlar qurilishida avtoturargohlar kishi boshiga ko‘ra loyihalashtiriladi

Bunda Toshkent shahri va viloyatida 1 xonadonga 1ta avtoturargoh o‘rni, boshqa viloyatlarda esa 2 xonadonga 1ta avtoturargoh bo‘lishi nazarda tutilmoqda.

Inshootlar qurilishida avtoturargohlar kishi boshiga ko‘ra loyihalashtiriladi

 

Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi matbuot xizmati shaharsozlik norma va qoidalariga tadbiq etilayotgan yangiliklar haqida maʼlumot berdi.

 

Shaharasozlik norma va qoidalari kiritilayotgan o‘zgarishlarga ko‘ra, endilikda bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish yoki taʼmirlash binoning eksplutasiyaviy xarakteristikasiga, xavfsizligiga salbiy taʼsir ko‘rsatmasligi, sanitariya-gigiyena talablari darajasini pasaytirishga olib kelmasligi shart. 

 

"Yana bir yangilik, endi bino va inshootning rekonstruksiya qilinmaydigan, o‘zgartirilmaydigan yoki taʼmirlanmaydigan qismlari, yangi qurilgan bino yoki inshootlarga nisbatan qo‘llaniladigan talablarga muvofiq bo‘lishi shart emas. Bunda, taʼqiqlanmagan materiallarni qo‘llash yoki asbob-uskunalarni o‘rnatishda ushbu material yoki uskunani xavfsiz o‘rnatish bilan bog‘liq standart qoidalariga rioya qilinishi kerak", — deyiladi xabarda.

 

Bundan tashqari, bundan buyon bino va inshootlar qurilishida avtoturargohlarni hududlar kesimida kishi boshiga ko‘ra loyihalashtirish talabi belgilab qo‘yilmoqda. Jumladan, Toshkent shahri va viloyatida 1 xonadonga 1ta avtoturargoh o‘rni, boshqa viloyatlarda esa 2 xonadonga 1ta avtoturargoh bo‘lishi nazarda tutilmoqda.

 

Shuningdek, maktab va bog‘chalarda 25 nafar bolaga 1ta, oliy taʼlim muassasalarida 4 nafar talabaga 1ta, shifoxona va poliklinikalarda 5 nafar qatnovchiga 1ta, maʼmuriy ofis, tashkilot va xo‘jalik muassasalari binolarining 10 metr kvadrat qismiga 1ta, masjidlarda 10 nafar tashrif buyuruvchi uchun 1ta, bozorlardagi har ikkita savdo joyiga bittadan, mehmonxonalardagi har 5 ta o‘ringa 1 tadan avtoturargoh bo‘lishi shartligi belgilab qo‘yilyapti.

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

2030-yilgacha kommunal infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"