O'zbekiston

1 mlrd so‘mdan ortiq noto‘g‘ri hisoblangan QQS tadbirkorga qaytariladigan bo‘ldi

Respublika ishchi guruhining navbatdagi ommaviy qabuli Xorazmda bo‘lib o‘tdi.

1 mlrd so‘mdan ortiq noto‘g‘ri hisoblangan QQS tadbirkorga qaytariladigan bo‘ldi

 

Respublika ishchi guruhining navbatdagi ommaviy qabuli Xorazmda bo‘lib o‘tdi.

 

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhining navbatdagi ommaviy qabuli Xorazm viloyatining Xonqa tumani «Durgadik» mahallasida tashkil etildi.

 

Ochiq muloqotlarda Prezident Administratsiyasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Soliq qo‘mitasi, viloyat hokimligi rahbar va masʼullari Qoraqalpog‘iston va Xorazm aholisi muammolarini tingladi.

 

Jumladan, 149 ta murojaat bo‘yicha arizalar Oliy sud tomonidan kassatsiya va takroran kassatsiya tartibida mazmunan ko‘rib chiqish uchun qabul qilinib, tegishli sudlov hayʼatlariga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi. 37 nafar mahkum axloq tuzatish ishlari jazosidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi, 2 ta jinoyat ishi bo‘yicha 2 nafar shaxs sud zalidan qamoqdan ozod etildi, 4 ta jinoyat ishi taraflar yarashganligi sababli tugatildi.

 

Undan tashqari, tadbirkorlik subyektlari daʼvo arizalari asosida ular foydasiga 1.2 milliard so‘mlik qarzdorlik undirilishi belgilandi.

 

Ichki ishlar vazirligi rahbariyati bilan muloqotlar natijasida surishtiruv yo dastlabki tergov harakatlaridan norozi 63 nafar murojaatchining masalasi hal qilib berilgani yoki 12 nafar sobiq xodimning yana tizimga ishga tiklangani – jamiyatimizda adolat ovozi tobora balandroq jaranglayotganiga yorqin hayotiy misoldir.

 

Xivalik Odilbek Xudoyberganov esa oilaviy korxonasi uchun olgan 2 milliard 179 million so‘m kreditni to‘layotgan bo‘lsa-da, bank va taʼminotchi xorijdan qo‘lqop ishlab chiqarish uskunalarini to‘liq yetkazib bermaganidan shikoyat qilyapti. Murojaatdan so‘ng mazkur masala Bosh prokuratura nazoratiga olindi.

 

Qoraqalpog‘istonlik Shaydo Nuraliyeva avvalgi murojaatlari asosida kuni kecha turmush o‘rtog‘i Husniddin Nuraliyevga oqlov hukmi chiqarilgani uchun Oliy sud masʼullariga minnatdorlik bildirdi.

 

Soliq qo‘mitasi masʼullariga murojaatidan so‘ng urganchlik tadbirkor Oybek Bekchanovga noto‘g‘ri hisoblangan 1 milliard so‘mdan ziyod  qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytariladigan bo‘ldi.

 

Bundan tashqari qabullar natijasida 63 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga kontrakt to‘lovlari to‘lab berilishi belgilandi, 40 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga tikuv mashinalari, zarur asbob-uskuna va boshqa jihozlar berildi.

 

Ommaviy qabulda ko‘rib chiqilgan 1164 ta masalaning 331 tasi joyida hal qilinib, 262 nafar murojaatchiga huquqiy maslahat va tushuntirish berilgan bo‘lsa, 571 ta murojaat nazoratga olindi.

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

2030-yilgacha kommunal infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"