O'zbekiston

O‘zbekistonda ichki yonuv dvigatelli yengil avtomobillar sotuvi taqiqlanishi mumkin

Shuningdek, elektron sigaretlarni mamlakatga olib kirishni taʼqiqlash taklif qilindi.

O‘zbekistonda ichki yonuv dvigatelli yengil avtomobillar sotuvi taqiqlanishi mumkin

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan prezidentlikka nomzod Abdushukur Xamzayev ichki yonuv dvigatelli yengil avtomobillarni sotuvini taqiqlashni taklif qildi. Bu haqda u partiya Markaziy Kengashining plenumida aytib o‘tdi.

 

Abdushukur Xamzayev o‘zining saylovoldi dasturi doirasida 2030-yildan boshlab O‘zbekistonda ichki yonuv dvigatelli yengil avtomobillarni sotishni hamda chetda olib kirishni ta’qiqlash kabi tashabbuslarni ilgari surdi.

 

Shuningdek, u ijtimoiy sohada davlat stomatologik klinikalarini rivojlantirish, shaharlar bosh rejalarini tuzishda kamida 30 foizli yashil maydonlar yaratish talabini mustahkamlash, shaharsozlik faoliyatida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, normativ hujjatlarni qabul qilishda atrof-muhitga ta’sirini baholash tizimini joriy etish, bir martalik ishlatiladigan plastik va polietilen tarkibli idishlardan foydalanishdan bosqichma-bosqich voz kechish hamda elektron sigaretlarni mamlakatga olib kirishni ta’qiqlashni ha taklif qildi.

 

Bundan tashqari, nomzodning saylovoldi dasturida pestitsidlardan foydalanishdan voz kechishga yo‘naltirilgan “Yashil O‘zbekiston – 2030” dasturini ishlab chiqish hamda yuk tashishni yirik mashinalardan temir yo‘llarga o‘zgartirishga qaratilgan choralar ta‘kidlandi.

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

2030-yilgacha kommunal infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"