Jahon

11 oylik chaqaloq ikki hafta o'tib tirik topildi

Kolumbiyadagi aviahalokatda, shuningdek, 4, 9 va 13 yoshli bolalar ham omon qolgan.

11 oylik chaqaloq ikki hafta o'tib tirik topildi

 

Kolumbiya janubida aviahalokatdan ikki hafta o‘tib, to‘rt nafar bola tirik topildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

 

Bolalar harbiylar, o‘t o‘chirish brigadalari va fuqaro aviatsiyasi vakillaridan iborat qutqaruv guruhi tomonidan Kaketa provinsiyasidagi qalin o‘rmonda topilgan.

 

1 may kuni ertalab Ararakuaradan San-Xose-del-Guavyarega yo‘l olgan «Cessna 206» samolyoti dvigatelidagi nosozlik tufayli avariya signalini ishga tushirdi. Samolyotda yetti kishi bo‘lgan.

 

"Harbiylar tomonidan sinchkovlik bilan olib borilgan qidiruv ishlaridan so‘ng biz Guavyardagi aviahalokatda bedarak yo‘qolgan to‘rt nafar bolani topdik. Bu butun mamlakat uchun quvonchdir", — deb yozdi prezident Gustavo Petr Twitter‘dagi sahifasida.

 

Afsuski, halokatda uchuvchi va yana uch nafar kattalar halok bo‘ldi. Ularning jasadlari samolyot ichidan topilgan. 13, 9 va 4 yoshli uch bola hamda 11 oylik chaqaloq omon qolgan.

 

Qutqaruv operatsiyasini muvofiqlashtirgan fuqaro aviatsiyasi boshqarmasidan olingan dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, bolalar samolyotni tark etib, yordam izlashga ketgan.

 

Qutqaruvchi itlar yordamida o‘rmondan bolalar yegan mevalar qoldiqlari va o‘simliklardan himoya qilish uchun qurilgan kulbalar topildi. Qutqaruv operatsiyasiga harbiylardan tashqari Kolumbiya Harbiy-havo kuchlarining bir necha samolyotlari va vertolyotlari safarbar etilgan.

custom img

Urush meni “do‘stlari yo‘q inson”ga aylantirdi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti urush sharoitida faqat muhim va strategik masalalarga eʼtibor qaratishga majbur bo‘lganini taʼkidladi.

custom img

Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari uchun uzr so‘radi

U Epshteyn bilan vaqt o‘tkazish katta xato bo‘lganini aytgan.

custom img

Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadro kuchlari dasturi rahbari etib tayinladi — The Chosun Daily

U strategik qurollar bilan bog‘liq jarayonlarda faol ishtirok etib, generallardan hisobotlar qabul qilmoqda

custom img

Ukrainani tiklash salkam 600 mlrd dollarga tushadi

Mablag‘ning ko‘p qismi urushdan keyingi davrda transport sohasini tiklashga yo‘naltiriladi.

custom img

Sadir Japarov bosh vazir o‘rinbosari va sog‘liqni saqlash vazirini lavozimidan ozod qildi

Qirg‘iziston hukumatida yana kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.

custom img

Pavel Durov terrorizmga yordam berganlikda ayblanmoqda — OAV

2022 yildan buyon Telegram messenjer bilan bog‘liq 153 mingdan ortiq jinoyat qayd etilgan bo‘lib, ularning 33 mingtasi terroristik va ekstremistik xususiyatga ega.

custom img

Nyu-Yorkda so‘nggi 9 yilda kuzatilmagan qor bo‘roni qayd etildi

Qor qalinligi 55 santimetrdan oshgan. Shaharda favqulodda holat eʼlon qilingan.

custom img

Amerikada Epshteynning tashlandiq samolyoti topildi

10 yildan beri qarovsiz turgan havo kemasidan voyaga yetmaganlarni jinsiy qullik uchun dunyo bo‘ylab tashishda foydalanilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"