Siyosat

AQShning Ukraina uchun ajratilgan puli tugab qoldi — Politico

Rossiya TIVga ko'ra, NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali "olov bilan oʻynashmoqda".

AQShning Ukraina uchun ajratilgan puli tugab qoldi — Politico

 

Qo‘shma Shtatlarda yaqin oylarda Ukrainani harbiy tomondan moliyalashtirish uchun mablag‘ yetishmay qolishi mumkin, deb yozadi Politico. 

 

AQShning Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlashga ajratayotgan mablag‘i yoz o‘rtalariga kelib tugab qolishi mumkin.

 

Maqolada qayd etilishicha, dekabr oyida Kongress Ukrainaga 48 milliard dollarlik yordam paketini ma’qullagan, biroq hozir bu mablag‘dan faqat 6 milliard dollar qolgan.

 

Jurnalistlarning ta'kidlashicha, qurib qolgan byudjet "qonunchilarni xavotirga solmoqda". Kongressda ko'pchilik Kiyev rejimini qo'llab-quvvatlash uzluksiz bo'lishi kerak, deb hisoblaydi.

 

Avvalroq Rossiya Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina Qurolli kuchlariga berilgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidladi. Vazirlikning bildirishicha, NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali "olov bilan oʻynashmoqda".

custom img

Saida Mirziyoyeva Sergey Kiriyenko bilan uchrashuv o‘tkazdi

Savdo, IT va energetika sohalarida qo‘shma loyihalar ko‘rib chiqildi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Atom energetikasi va raqamli sohalarda hamkorlikni kuchaytirish muhokama qilindi.

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

AQShning Ukraina uchun ajratilgan puli tugab qoldi — Politico