O'zbekiston

Markaziy Osiyoda turkiy davlatlar geografik kengashi tuzildi

Toshkent yangi uyushmaning bosh qarorgohiga aylanadi, birinchi rahbar etib O‘zbekiston geografiya jamiyati rahbari Oybek Norinboyev saylandi.

Markaziy Osiyoda turkiy davlatlar geografik kengashi tuzildi

 

Markaziy Osiyo mintaqasida yangi integratsion shakllanish paydo bo‘ldi – Ozarbayjon, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston geografik jamiyatlari vakillari Turkiy davlatlar geografik kengashini tashkil etish to‘g‘risida shartnoma imzolashdi. Bu haqda "QazaqGeography" jamiyati xabar berdi.

 

Toshkent yangi uyushmaning bosh qarorgohiga aylanadi, birinchi rahbar etib O‘zbekiston geografiya jamiyati rahbari Oybek Norinboyev saylandi. O‘zbekistonning raisligi uch yil davom etadi.

 

Yangi uyushmaning maqsadlari turkiyzabon ilmiy-tadqiqot institutlari va jamoat birlashmalari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, mintaqaning tarixiy-madaniy merosi, shuningdek, ekologik kun tartibi va xalq diplomatiyasini birgalikda o‘rganishdan iborat.

 

Geografik kengashni tashkil etish tashabbuskori “QazaqGeography” Qozog‘iston Respublika jamoat birlashmasi bo‘ldi.

 

“Biz Turkiy davlatlar geografik kengashini tashkil etishda jiddiy istiqbollarni ko‘ramiz va birgalikdagi ishlar va uning natijasiga katta umid bog‘laymiz”, — dedi “QazaqGeography” rahbari Orman Nurbayev.

 

Qayd etilishicha, yangi tashkilot yaqin vaqt ichida assotsiatsiyaning tuzilmasi va nizom hujjatlarini tasdiqlashi kerak.

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

2030-yilgacha kommunal infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Markaziy Osiyoda turkiy davlatlar geografik kengashi tuzildi