Jahon

Turkiya AQSHning taklifini rad etdi

Mavlud Chavusho‘g‘lining maʼlum qilishicha, Vashingtonning taklifi Turkiya suverenitetini buzishga qaratilgan.

Turkiya AQSHning taklifini rad etdi

 

AQSH Turkiyaga avvalroq Rossiyadan sotib olingan S-400 havo mudofaa tizimini Ukrainaga yuborishni taklif qildi. Biroq Anqara bu taklifni rad etdi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li maʼlum qildi

 

Qo‘shma Shtatlar S-400 tizimining mavjudligi Turkiyani zamonaviy G‘arbiy F-35 qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqish va o‘zlashtirish dasturidan chiqarib tashlashini aytdi, shuning uchun ular Anqaraga tizim ustidan nazoratni Amerika yoki boshqa davlatga o‘tkazishni taklif qilishdi.

 

Turkiya TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu takliflar Turkiya suverenitetini buzishga qaratilgani uchun mamlakat uchun nomaqbul deb hisoblanadi.

 

S-400 — bu Rossiyaning uzoq va o‘rta masofaga mo‘ljallangan zenit-raketa majmuasi, yangi avlod zenit-raketa tizimidir. Aerokosmik hujumning barcha vositalarini yo‘q qilish uchun yaratilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"