O'zbekiston

Andijonda Qorasuv shahri viloyatga bo‘ysunuvchi hudud sifatida qayta tashkil etiladi

Bu bo‘yicha Xalq deputatlari viloyat kengashining qarori eʼlon qilindi.

Andijonda Qorasuv shahri viloyatga bo‘ysunuvchi hudud sifatida qayta tashkil etiladi

 

Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumani tarkibidagi Qorasuv shahri viloyatga bo‘ysunuvchi hudud sifatida qayta tashkil etiladi. Bu bo‘yicha Xalq deputatlari viloyat kengashining qarori eʼlon qilindi.

 

28-aprel kuni kengashning “Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 10 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarini yangi tashkil etilayotgan Qorasuv shahar tarkibiga o‘tkazish haqida” qarori qabul qilingan.

 

Qarorga ko‘ra, tumanning “Mustaqillikning 15 yilligi”, “Mustaqillik”, “Zahiriddin Muhammad Bobur”, “Ahmad Yassaviy”, “Yuksalish”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Amir Temur”, “Paxtachi”, “Uch tegirmon” va “Birlik” mahalla fuqarolar yig‘inlarining iltimosnomalari inobatga olinishi belgilangan.

 

Viloyat hokimiga “O‘zbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq mazkur mahalla fuqarolar yig‘inlarini yangi tashkil etilayotgan “Qorasuv shahar” tarkibiga o‘tkazish bo‘yicha taklifini ko‘rib chiqish va Oliy Majlisga kiritish masalasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga iltimosnoma kiritish vazifasi yuklatilgan.

 

 

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada tok urgan 6 yoshli bola ishi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

custom img

O'zbekistonda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash” mavzusida ilmiy- amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Tadbirning asosiy maqsadi jamoatchilik ongi va iqtisodiy subyektlar ongida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini kengaytirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida yuzaga kelayotgan tahdid va xavf-xatarlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashda samarali muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Buxoroda 13 yoshli qiz ona bo'ldi

Gumonlanuvchi hozirda qamoqqa olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Surxondaryoda tomorqadan yiliga uch marta hosil olish amaliyoti kengaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda “Tomorqa maktabi” faoliyati bilan tanishdi.

custom img

“YEROSTIGAZ” AJ tomonidan korxonadan asossiz 2,8 mlrd so‘m mablag‘ olingani aniqlandi

Tarifni deklaratsiyasiz oshirish holati yuzasidan AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"