O'zbekiston

To‘g‘nog‘ich, qum, chirigan olma... O‘quvchilarga berilgan yeguliklar ichidan “antiqa” narsalar chiqmoqda

Holat Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida sodir bo‘lgan.

To‘g‘nog‘ich, qum, chirigan olma... O‘quvchilarga berilgan yeguliklar ichidan “antiqa” narsalar chiqmoqda

 

Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanidagi 41-maktabda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga berilgan shirinlikning ichidan qum chiqdi. Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘qituvchisi Bagdagul Bekbosinovaning murojaati tarqaldi. 

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga berilayotgan bepul yeguliklarning sifati judayam qoniqarsiz.

 

“Shu kungacha berilgan mahsulotlar bo‘yicha qator kamchiliklarni maktab rahbariyatiga aytib kelganman. Olmalari yuvilmagan, chirigan... Keks ichidan qizlar sochiga taqadigan “nevidimka”, un qopini tikadigan ip chiqqan kunlar ham bo‘lgan. Lekin 7 aprel 2023 yil 2-“b” sinf o‘quvchimning konfetidan qum aralash tuproq chiqdi. Qiz bechora yarmini yegan. Konfet o‘ralgan kog‘ozini ko‘zdan o‘tkazsam, ishlab chiqaruvchi haqida hech nima yozilmagan.

Bunday mahsulotlarni berib, bolalarning sog‘ligiga zarar yetkazib, berganidan bermagani yaxshi emasmi?

Kelajagimiz bo‘lgan bolalar sog‘ligi barcha uchun muhim.

Tegishli javobgar shaxslarni bunday sifatsiz mahsulotni olib kelib bolalarga tarqatgani uchun javob berishini so‘rab qolaman. Har bir o‘quvchi uchun kuniga necha so‘m sarflanadi? Berilayotgan mahsulotlar shu pulga arziydimi?” — deydi muallima 8 aprel kuni ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilingan murojaatida. 

 

Murojaatga chirigan olmaning rasmi, shuningdek, yeguliklar ichidan sochga taqiladigan to‘g‘nog‘ich va qum chiqqani aks etgan surat va videolar ilova qilingan.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi 10 aprel kuni voqea yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi

 

Unga ko‘ra, holat bo‘yicha Xo‘jayli tumani XTB tomonidan o‘rganish ishlari o‘tkazilgan. Bu tumandagi 41-maktabda 961 nafar o‘quvchi o‘qiydi, shundan 388 nafari – boshlang‘ich sinf o‘quvchilari. Ularga oziq-ovqat mahsulotlarini 2022 yil 10 oktyabrdan beri “Bekbergen Servis Orayi” MCHJ yetkazib bermoqda.

 

O‘rganishda aniqlanishicha, ushbu korxona tomonidan 2023 yil 7 aprel kuni 41-maktabdagi 388 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchisi uchun tasdiqlangan taomnoma (menyu) asosida yong‘oqli keks, “STEL” shokoladi, olma, shirin choy yetkazib berilgan. Keltirilgan yeguliklar soat 9:45 da maxsus komissiyaning 5 nafar aʼzosi tomonidan qabul qilib olingan.

 

Rasmiy axborotga ko‘ra, shu kuni 2-“b” sinf o‘quvchilariga berilgan “STEL” shokoladidan qum chiqqan va sinf rahbari B.Bekbosinova holat bo‘yicha maktab rahbariyatiga video xabar orqali murojaat qilgan. Maktab rahbariyati bu haqda yetkazib beruvchi keytering korxonasiga maʼlumot bergan.

 

“Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tartibda chora-tadbirlar ishlab chiqilib, qo‘shimcha o‘rganish ishlari amalga oshirilishini, amalga oshirilgan ishlar natijasi haqida qo‘shimcha maʼlumot berilishini maʼlum qilamiz”, — deyiladi QQR XTV bayonotida.

 

Taʼkidlanishicha, yuvilmagan olma bilan bog‘liq holat avvalroq, shu yilning 7 fevral kuni ro‘y bergan. Bu bo‘yicha keytering korxonasiga va maktabdagi qabul qilib oluvchi komissiya aʼzolariga XTB tomonidan ogohlantirish berilgan.

 

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, Xo‘jayli tumani XTBga qarashli umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan 8670 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga 3 ta keytiring korxonasi tomonidan har kuni menyu asosida oziq-ovqat mahsulotlari berib kelinmoqda. Bular – “Tabbasum Nukus”, “Bekbergen Servis Orayi”, “Allianse Aral–s” korxonalaridir.

 

Rasmiy axborotda to‘g‘nag‘ich masalasiga izoh berilmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘istonda bu kabi noxush holatlar birinchi marta kuzatilayotgani yo‘q. Avval To‘rtko‘l, Beruniy, Kegeyli tumanlarida ham shunga o‘xshash holatlar aniqlangandi.

 

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

2030-yilgacha kommunal infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"