O'zbekiston

O‘zbekiston-Qirg‘iziston vakillari Qambarota GES-1 loyihasi qurilishini muhokama qildi

Laziz Kudratov QR Prezidenti huzuridagi Milliy investitsiya agentligi direktori bilan uchrashdi.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston vakillari Qambarota GES-1 loyihasi qurilishini muhokama qildi

 

25 fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy investitsiya agentligi direktori Umbriyel Temiraliyev bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning joriy yil yanvar oyida Qirg‘iz Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning bugungi holati va kelgusidagi chora-tadbirlari muhokama qilindi.

 

Tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik doirasidagi ikki tomonlama ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlashga kuchli turtki bergan mazkur tashrif tarixiy ahamiyatga ega ekanini alohida taʼkidladi.

 

Shu nuqtai nazardan, tashrif chog‘ida imzolangan muhim hujjatlarning o‘z vaqtidaligi va keng ko‘lamga ega ekani qayd etildi. Kimyo va to‘qimachilik sanoati, mashinasozlik, farmatsevtika, charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish, qurilish materiallari, elektrotexnika, shuningdek, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, logistika va turizm sohalarida erishilgan kelishuvlar joriy etilishining hozirgi holati va ularni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shma rejalar ko‘rib chiqildi.

 

Xususan, ikki davlat hududlarida intensiv bog‘lar va yuqori texnologiyali issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Qo‘shma loyihalarning aniq manzillari va tashabbuskorlari belgilangan. Loyihalar yuzasidan ishlarni jadallashtirish uchun tadbirkorlik vakillariga har tomonlama yordam berishga tayyorlik bildirildi.

 

Shuningdek, energetika sohasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi. Qambarota GES-1 qurilishi doirasida zarur bo‘lgan hujjatlar tayyorlanmoqda.

 

Ikki mamlakat ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va o‘zaro bog‘langan qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratish maqsadida investitsiya tashabbuslarini birgalikda moliyalashtirishning muhim vositalaridan biri hisoblangan O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi faoliyati ko‘rib chiqildi.

 

Muzokaralar yakunida muhokama qilingan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha yaqin hamkorlikdagi ishlarni davom ettirishga tayyorlik bildirildi va muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishni jadallashtirish doirasida kelgusida hamkorlik qilish formati kelishib olindi.

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

2030-yilgacha kommunal infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

O‘zbekiston-Qirg‘iziston vakillari Qambarota GES-1 loyihasi qurilishini muhokama qildi