Jamiyat

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i o‘zgardi

Yangi rahbar Po‘lat Bobojonovning birinchi o‘rinbosari ekani aytilmoqda.

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i o‘zgardi

 

Mirjamol Miralimov Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

 

Tayinlov bugun, 24-fevral kuni Buxoroda bo‘lib o‘tgan IIV rahbari Po‘lat Bobojonov ishtirokidagi yig‘ilishda maʼlum qilingan.

 

Maʼlumot uchun, Mirjamol Miralimov mazkur tayinlovga qadar ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i edi. 

 

Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyati IIBning avvalgi rahbari Shuhrat Aliyev Namangan viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"