O'zbekiston

Andijonda IIB xodimiga pora taklif qilgan ayol ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

Andijonda IIB xodimiga pora taklif qilgan ayol ushlandi

 

Andijon shahrida ichki ishlar organi xodimiga pora taklif qilgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, muqaddam uch marotaba sudlangan, 1975-yilda tug‘ilgan fuqaro M.G. Andijon shahrining 3-kichik daha hududida vaqtincha yashab, moddiy manfaat evaziga ushbu xonadonda erkak va ayol tanishlarining jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergan. Bu holat hududiy ichki ishlar organlari profilaktika inspektori tomonidan aniqlanib, ayolning ushbu qilmishi rasmiylashtirilgan.

 

Fuqaro M.G sodir etgan qilmishiga qonuniy chora ko‘rmaslik evaziga profilaktika inspektoriga pora sifatida 200 AQSH dollari taklif etgan. Biroq profilaktika inspektori fuqaroning pora berishi jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi to‘g‘risida bir necha marotaba tushuntirsada, fuqaro pora taklif qilishda davom etgan.

 

2023 yil 3 fevral kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.G. ishini ijobiy hal qilib berish evaziga profilaktika inspektoriga pora sifatida 200 AQSH dollarini bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Mazkur holat bo‘yicha fuqaro M.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

2030-yilgacha kommunal infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"