O'zbekiston

Navoiy viloyatining butun hududi erkin iqtisodiy zona deb eʼlon qilindi

Bu haqda O‘zbekiston — Qozog‘iston biznes-forumida Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov maʼlum qildi.

Navoiy viloyatining butun hududi erkin iqtisodiy zona deb eʼlon qilindi

 

Ushbu qaror innovatsion, eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish orqali sanoat salohiyatini yana-da rivojlantirish maqsadida qabul qilingan.

 

"Navoiy viloyati Qizilo‘rda viloyatining Qarmaqshi va Shardara tumanlari, shuningdek, Qozog‘istonning Turkiston viloyati Shiyeli tumani bilan umumiy chegaraga (620 km) ega. Bugungi kunda mintaqada 40 mingga yaqin qozoq millati vakillari, yaʼni O‘zbekistondagi eng yirik diaspora yashaydi", — dedi Normat Tursunov.

 

Hokimning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili Navoiy viloyati bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 85 million dollarni tashkil etgan. Joriy yilning 11 oyi davomida bu ko‘rsatkich allaqachon 88 million dollarga yetgan. Shu bilan birga, endilikda 2025 yilgacha tovar ayirboshlash hajmini ikki baravar oshirish vazifasi qo‘yilganini taʼkidladi.

 

"Hozirda Navoiy viloyatida Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi 9 korxona faol ishlamoqda. Qozog‘iston Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Navoiyazot”, “Qizilqumsement” va boshqa yirik korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish imkoniyatiga ega"— dedi Tursunov.

 

Tursunov Qizilo‘rda viloyati rahbari Nurlibek Nalibayev bilan birgalikda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hududlararo hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ni imzolashini qo‘shimcha qildi. Shuningdek, kelgusi yilda Navoiy va Qizilo‘rda viloyatlari yoshlari o‘rtasida universitetlararo forum o‘tkazish rejalashtirilgan.

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

2030-yilgacha kommunal infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"