O'zbekiston

“UzAuto Motors” avtomobillarga bo‘lgan talabning ortishi yuzasidan fuqarolarga murojaat qildi

Mutaxassislarning fikricha, odamlar yengil avtomobillarni yuqori likvidli investisiya vositasi deb bilishadi.

“UzAuto Motors” avtomobillarga bo‘lgan talabning ortishi yuzasidan fuqarolarga murojaat qildi

 

“UzAuto Motors” O‘zbekistonda avtomobillarga bo‘lgan talabning anomal o‘sishi, global muammolar kuchayganini hisobga olib, “Chevrolet Lacetti”, “Cobalt”, “Damas” va “Labo” avtomobillariga shartnomalar qabul qilish vaqtincha to‘xtatilganini e’lon qilib xaridorlarga murojaat yo‘lladi.

 

Ma'lum bo`lishicha, yarimo‘tkazgichlarning global yetishmovchiligi va logistika inqirozi shuningdek geosiyosiy turbulentlik butun dunyo bo‘ylab avtomobil sanoatini davomli inqirozga olib kelgan. Mikrochiplar tanqisligi, yetkazib berish zanjirining uzilishi va o‘zaro sanksiyalarning ta’siri ko‘plab avtomobil ishlab chiqaruvchilarni ishlab chiqarish hajmini kamaytirishga, komplektasiyalarni qisqartirishga va hatto zavodlar faoliyatini to‘liq to‘xtatishga majbur qilgan.

 

Shuningdek, inqiroz natijasida butun dunyo bo‘ylab avtomobil yetishmovchiligi va uzoq kutish vaqtlari yuzaga keldi. Yevropada xaridorlar o‘z avtomobillarini 22 oygacha kutishlariga to‘g‘ri kelmoqda, navbatlar 2 yilgacha cho‘zilgan.

 

Ta’kidlanishicha, Janubiy Koreyada ham xuddi shunday holat kuzatilmoqda. Shu bilan birga, dunyodagi inqirozlar avtomobillar narxiga ham sezilarli darajada ta’sir o‘tkazgan – faqatgina O‘zbekistondagi avtomobil brendlari o‘z narxlarini joriy yilning oktyabr oyidan boshlab o‘rtacha 8 foizdan ko‘proqqa oshirdi.

 

“Joriy yil davomida “UzAuto Motors” yiliga 300 ming avtomobilni ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun zavodlarni maksimal ishlab chiqarish quvvatiga keltirdi. O‘tgan yilda ishlab chiqarish hajmi 235 ming dona avtomobilni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda global inqiroz sharoitida kompaniya ishlab chiqarish hajmini 31 foizga oshirdi. Yanvar oyidan to hozirgi kunga qadar 310 ming donadan ortiq avtomobil ishlab chiqardi”, – deyiladi xabarda.

 

Joriy yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi va avtomobillar uchun narxlarning arzonligi sabab “Chevrolet” avtomobillariga bo‘lgan talabning g‘ayritabiiy o‘sishi kuzatildi. Mutaxassislarning fikricha, mamlakatimiz fuqarolari yengil avtomobillarni yuqori likvidli investisiya vositasi deb bilishadi. O‘tgan yili tuzilgan o‘rtacha oylik shartnomalar soni 21 000 tani tashkil etgan, joriy yilning noyabr oyida 76 000 dan ortiq shartnoma tuzilgan.

 

Davlat Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX) ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda sotib olingan 90 000 dan ortiq avtomobil (yillik ishlab chiqarish hajmining deyarli uchdan bir qismi) xaridorlar tomonidan qayta sotilgan. Iqtisodiy tadqiqotlar markazi tomonidan o‘tkazilgan tahlillar “olib-sotarlar” sonining ko‘payganini tasdiqlaydi. Unga ko‘ra kelishuvlar soni o‘tgan oyga nisbatan 41 foiz, o‘tgan yilning noyabr oyiga nisbatan esa 2,3 barobarga ko‘paygan. Shubhasiz, “olib-sotarlar”ning bunday yuqori ulushi oddiy xaridorlarning kutish vaqtiga ta’sir o‘tkazgan va bozorda sun’iy tanqislikni yuzaga keltirgan.

 

“UzAuto” kompaniyasi tomonidan “General Motors” bilan 2023-yilda dunyodagi inqiroz sharoitida ishlab chiqarish hajmini yiliga 500 ming dona avtomobilgacha oshirish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu uzoq vaqt hamda investisiyalarni ham talab qiladi.

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

2030-yilgacha kommunal infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

“UzAuto Motors” avtomobillarga bo‘lgan talabning ortishi yuzasidan fuqarolarga murojaat qildi