Siyosat

Vladimir Norov AQSh davlat kotibi bilan uchrashdi

Blinken muzokaralar chog'ida O'zbekistonning Qirg'iziston bilan davlat chegarasini demarkatsiya qilish to'g'risidagi bitimga erishganini olqishladi.

Vladimir Norov AQSh davlat kotibi bilan uchrashdi

 

2022-yil 12-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya Amerika Qo'shma Shtatlari davlat kotibi Entoni Blinken bilan muzokaralar olib bordi.

 

AQSh Davlat departamenti rahbari diplomatik munosabatlar o'rnatilganining 30 yilligi nishonlanayotgan joriy yilda Strategik sheriklik muloqotning ikkinchi yig'ilishini o'tkazilishi alohida ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi. Mazkur mexanizm nafaqat ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari bo'yicha fikr almashish, balki muloqotning ustuvor yo’naishlarini belgilab olishga imkon beradi.

 

E.Blinken O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni ijobiy baholab, Amerika tomoni ularni amalga oshirish jarayonida har tomonlama yordam berishga tayyorligini bildirdi. AQSh Davlat departamenti rahbari respublikaning inson huquqlarini himoya qilish, shu jumladan diniy erkinliklarni ta'minlash, odam savdosiga qarshi kurashish va majburiy mehnatga barham berish borasida erishgan yutuqlarini alohida ta'kidladi.

 

Davlat kotibi O'zbekiston tomonidan Markaziy Osiyoda o’zaro ishonch va anglashuv muhitini mustahkamlash yo’lida olib borilayotgan mintaqaviy siyosatga yuksak baho berdi. Ayniqsa, E.Blinken O'zbekistonning Qirg'iziston bilan davlat chegarasini demarkatsiya qilish to'g'risidagi bitimga erishganini olqishladi.

 

"Menimcha, bu mintaqadagi va undan tashqaridagi ko'pchilikka bunday masalalarni hal qilishda diplomatiya imkoniyatlarining ahamiyati to'g'risida kuchli signal yuboradi", — dedi Davlat departamenti rahbari.

 

Savdo, investitsiyalar, fan va ta'lim, transport va logistika sohasida hamkorlikni rivojlantirishdan tomonlarning manfaatdorligi ta'kidlandi.

 

Ikki tomonlama darajada, "C5+1" mintaqaviy formati va xalqaro tashkilotlar doirasidagi rejalashtirilgan tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Sergey Kiriyenko bilan uchrashuv o‘tkazdi

Savdo, IT va energetika sohalarida qo‘shma loyihalar ko‘rib chiqildi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Atom energetikasi va raqamli sohalarda hamkorlikni kuchaytirish muhokama qilindi.

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Vladimir Norov AQSh davlat kotibi bilan uchrashdi