Jahon

Yevroittifoq Eronga sanksiyalar joriy etmoqchi

Bu Tehronning Rossiyaga qurol yetkazishi bilan bog‘liq.

Yevroittifoq Eronga sanksiyalar joriy etmoqchi

 

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qurol-yarog‘ savdosi tufayli Eronning jismoniy va yuridik shaxslariga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Politico” nashri xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, bunday qarorga Rossiya armiyasi tomonidan Ukrainadagi tinch aholi manzillariga zarba berish uchun Eron dronlaridan foydalangani, shuningdek, Eronning yuqori aniqlikdagi raketalarining Moskvaga uzatilishi haqidagi ma’lumotlar sabab bo‘lgan.

 

AQSH razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Tehron shuningdek, bosib olingan Qrimga uchuvchisiz uchoqlarni tayyorlash uchun instruktorlar yuborgan. Rasmiylar va diplomatlarning aytishicha, sanksiyalarning yangi bosqichi Eronning besh nafar jismoniy va uch yuridik shaxsiga taalluqlidir.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"