Jahon

Yevrokomissiya hukumatlarni rossiyaliklarga viza bermaslikka chaqirdi

Ammo ruslar hali ham boshpana so‘rash huquqiga ega.

Yevrokomissiya hukumatlarni rossiyaliklarga viza bermaslikka chaqirdi

 

Yevropa komissiyasi Yevroittifoqqa a’zo davlatlarni rossiyaliklar uchun viza rejimini kuchaytirishga chaqirmoqda. 

 

Ichki ishlar bo‘yicha Yevropa komissarining so‘zlariga ko‘ra, bu Ukraina hududlarini anneksiya qilish va Rossiyadagi safarbarlikka javobdir.

 

A’zo davlatlar viza arizalarini ko‘rib chiqishda xavfsizlikni sinchkovlik bilan tekshirishlari kerak. Agar biror kishi xavfsizlikka tahdid solishi yoki ba’zi a’zo davlatlarning xalqaro munosabatlariga tahdid solishi mumkin bo‘lsa, unda ushbu shaxsga viza berilmasligi kerak.

 

“Agar Rossiya fuqarosi Ittifoq hududida 90 kundan ortiq qolish niyatida bo‘lsa, unga viza berilmasligi kerak”— deydi komissar.

 

Ta’kidlanishicha, har kim boshpana so‘rash huquqiga ega. Yevrokomissiya rossiyaliklarga allaqachon berilgan Shengen vizalarini yangi qoidalarga muvofiq qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qiladi.

 

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Yevrokomissiya hukumatlarni rossiyaliklarga viza bermaslikka chaqirdi