Jahon

Markaziy Osiyoning hoji prezidentlari

Bugun Shavkat Mirziyoyev ham Umra amalini bajarishi kutilmoqda.

Markaziy Osiyoning hoji prezidentlari

 

 

Markaziy Osiyo davlat prezidentlari rahbarlikdan ortib, Saudiya Arabistoniga tashrif buyurgan hamda Makka va Madina shaharlarida umra ibodatini amalga oshirgan.  

 

Islom Karimov

 

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov Makkaga tashrif buyurgan postsovet davlatlarining birinchi rahbari bo‘lgan. Marhum davlat rahbari 1992 yil aprel oyida Makkaga borgan. Unga marhum muftiy shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hamrohlik qilgan. Karimov muqaddas Ka’baning ichiga kirishga muvaffaq bo‘lgan.

Tashrif davomida Saudiya Arabistoni qiroli va ikki Muqaddas masjid xodimi Fahd bin Abdulaziz Islom Karimovga ka’bapo‘shning bir parchasini sovg‘a qilgan. Unga oltin iplar bilan «Oli Imron» surasining 97-oyati yozilgan. Keyinchalik Islom Karimov ushbu sovg‘ani Imom al-Buxoriy majmuasi muzeyiga topshirgan.

 

Nursulton Nazarboyev 

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev 1994 yilda Ar-Riyozga birinchi safarida Ka’bani ziyorat qilgan.

 

Emomali Rahmon

 

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ikki marta Ka’ba ichiga kirish baxtiga musharraf bo‘lgan. Davlat rahbari 2005 yil 5 dekabrda Saudiya Arabistoni podshohi ruxsati bilan Ka’baga kirgan.

Ikkinchi tashrifini 2016 yilning yanvar oyida amalga oshirgan. Prezident rafiqasi va farzandlari bilan Makkaga tashrif buyurib, u yerda umra ziyoratini ado etgan.

 

Almazbek Atambayev

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev 2014 yil dekabrida Saudiya Arabistoniga rasmiy tashrifi chog‘ida Makka shahrida umra ibodatini ado etgan. Tashrif davomida Atambayev musulmonlarning yana bir muqaddas shahri Madinaga ham tashrif buyurgan. U yerdagi payg‘ambar Muhammad alayhissalom  masjidini ziyorat qilgan.

 

Sooronbay Jeenbekov

2019 yil dekabr oyida Qirg‘izistonning yana bir sobiq prezidenti Sooronbay Jeenbekov Saudiya Arabistoniga tashrifi buyurgan. U o‘shanda Makka shahrida umra ziyoratini amalga oshirgan.

 

Ota-o‘g‘il Berdimuhammedovlar

 

Turkmanistonning sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 2016 yilning may oyida Saudiya Arabistoniga tashrifida Makkaga borgan. U yerda vazirlar hamrohligida Masjidul Harom masjididagi muqaddas Ka’bani ziyorat qilgan. 

Shundan so‘ng siyosatchi Madinaga uchib, u yerda payg‘ambar Muhammad alayhissalom masjidini ziyorat qilgan.

Turkmanistonning amaldagi prezidenti Sardor Berdimuhamedov yaqindagina — iyun oyi boshida umra ziyoratini amalga oshirdi. Umra ibodatini ado etgach, Sardor Berdimuhamedovga ka’bapo‘shdan parcha sovg‘a qilindi. 

 

Qosim-Jomart Toqayev 


Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 24 iyul kuni Makka shahrida umra ziyoratini amalga oshirdi. Ushbu Prezident Ka’baga kirish sharafiga ham muyassar bo‘ldi. 

 

Eslatib o‘tamiz, ayni kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev ikki Muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz as-Saudning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘lib turibdi.  Davlat rahbari  Makkai Mukarrama va Madinai Munavvarani ziyorat qildi.

custom img

2025-yilda dunyo bo‘ylab rekord darajada jurnalistlar o‘ldirildi — CPJ

104 nafar jurnalist harbiy mojaro hududida o‘ldirilgan, 86 nafari Isroil mudofaa kuchlariga to‘g‘ri keladi.

custom img

Xo‘jali genotsidi: tarix sabog‘i va adolat talabi

Xo‘jali qirg‘ini Armaniston tomonidan uzoq yillar davomida Ozarbayjon Respublikasiga qarshi olib borilgan etnik tozalash va tajovuz siyosatining tarkibiy qismi bo‘lgan. Qirg‘in vaqtida 613 nafar kishi, jumladan 106 nafar ayol, 63 nafar bola va 70 nafar keksalar o‘ldirilgan, turli yoshdagi 1 000 nafar tinch aholi o‘q jarohatlari natijasida nogiron bo‘lib qolgan.

custom img

Epshteyn fayllarida Trampga aloqador hujjatlar yo‘qolgan — CNN

Yo‘qolgan hujjatlar orasida Trampni jinsiy tajovuzda ayblovchi guvoh bilan bog‘liq 3 ta intervyular bo‘lgan.

custom img

AQSh Isroilga F-22 qiruvchi samolyotlarini joylashtirmoqda

Dastlab 12 ta samolyot yuborilgan, ammo ulardan biri texnik nosozlik sababli qaytib kelgan.

custom img

Urush meni “do‘stlari yo‘q inson”ga aylantirdi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti urush sharoitida faqat muhim va strategik masalalarga eʼtibor qaratishga majbur bo‘lganini taʼkidladi.

custom img

Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari uchun uzr so‘radi

U Epshteyn bilan vaqt o‘tkazish katta xato bo‘lganini aytgan.

custom img

Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadro kuchlari dasturi rahbari etib tayinladi — The Chosun Daily

U strategik qurollar bilan bog‘liq jarayonlarda faol ishtirok etib, generallardan hisobotlar qabul qilmoqda

custom img

Ukrainani tiklash salkam 600 mlrd dollarga tushadi

Mablag‘ning ko‘p qismi urushdan keyingi davrda transport sohasini tiklashga yo‘naltiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"