O'zbekiston

Qashqadaryolik erkak sexdan chiqayotgan badboʻy hiddan norozi boʻlib, oʻzini yoqib yubordi

Holatga Ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qashqadaryolik erkak sexdan chiqayotgan badboʻy hiddan norozi boʻlib, oʻzini yoqib yubordi

 

Ijtimoiy tarmoqda Qarshi shahridagi fuqaro sexdan chiqayotgan badboʻy hiddan noroziligini bildirib, oʻzini yoqib yuborgani boʻyicha xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi rasmiy izoh berdi.


Maʼlum qilinishicha, Qarshi shahridagi “Qarshi Leather” MCHJ shaklidagi xorijiy korxonasida ekologiya xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borilgan. 

 

2021-yilning mart oyida Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori asosida mazkur korxonaga kiritilgan daʼvo arizasi boʻyicha oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida atrof tabiiy muhitnni ifloslantirganlik holati aniqlangan va 284,0 mln soʻm miqdorida majburiy kompensatsiya toʻlovlari undirish boʻyicha qaror qabul qilingan. 

 

Berilgan ekologik ekspertiza xulosasi talablarining bajarilishi, ifloslantiruvchi moddalarni me’yor darajasidan yuqori chiqqanligi va oʻrnatilgan talablariga rioya etilmaganligi boʻyicha aniqlangan kamchiliklar va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik uchun  keyingi oʻrganishlarda 346,0 mln soʻm miqdorida maʼmuriy kompensatsiya toʻlovi ham hisoblangan. 


2021-yil noyabr oyida Ekologiya boshqarmasi tomonidan Iqtisodiy sudga mazkur xorijiy korxonaning faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etgunga qadar vaqtincha toʻxtatish masalasida ariza kiritilgan. 

 

“Qarshi Leather” MCHJ rahbarining 2022-yil mart oyida viloyat ekologiya boshqarmasiga yuborgan xatida korxona Xitoy davlat investorlari tomonidan 2022-yil 1-mart kunidan nomaʼlum muddatga toʻxtatilganligi, korxonaning suvlarini kanalizatsiya quvuriga qoʻyish boʻyicha biror bir toʻsiq va taʼqiqlar boʻlsa ular tomonidan kiritilgan investitsiya mablagʻlarini olib chiqib ketish hamda korxona faoliyatini butunlay toʻxtatilishi maʼlum qilinib, korxonaning ish faoliyatini qayta tiklash uchun Qarshi shahar kanalizatsiya quvurining gʻarbiy nuqtasiga chiqindi oqova suvlarini quyishni maʼlum qilgan. 

 

Shuningdek 2021-yil oktyabr oyida mazkur MCHJ shaklidagi xorijiy korxonadan aholi yashash maskanlariga yaqin boʻlgan juda katta maydonga noqonuniy tashlangan chiqindi oqova suvlarini tozalash uchun viloyat hokimligi, viloyat IIB, viloyat Ekologiya boshqarmasidan ishchi guruh tuzilib, chiqindi suvlari tashlangan zovurlar katta mablagʻ hisobiga toʻliq tozalanib, ushbu zovur tuproq bilan koʻmib tashlangan. Hozirda mazkur joylar obodonlashtirilib, futbol maydonchalari tashkil etilgan. 

 

“Yuqoridagi xabar boʻyicha viloyat ekologiya boshqarmasi masʼullari tomonidan oʻrnatilgan tartibda, tadbirkorlik subyektini oʻrganish boʻyicha vakolatli organlardan tegishli ruxsatnomalar olib, oʻz vakolati doirasida tezkor oʻrganishlar oʻtkaziladi”, — deyiladi xabarda.

custom img

Humans asoschisi Vladimir Dobrinin xalqaro qidiruvga berildi

Unga nisbatan qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni noqonuniy tashkil etish hamda pul yuvish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"