O'zbekiston

Toshkent aeroportida bepul WI-FI ishga tushirildi

Majmuaning jo‘nab ketish va uchib kelish zallari to‘liq internet bilan qamrab olingan.

Toshkent aeroportida bepul WI-FI ishga tushirildi

 

 

Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchilar va mehmonlar uchun internet tarmog‘iga ulanish uchun Wi-Fi tarmog‘i ishga tushirildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi. 

 

“O‘zbektelekom” kompaniyasi bilan birgalikda aloqa kanallarini ulash va jihozlarni o‘rnatish bo‘yicha barcha ishlar yakunlangan. Terminal majmuasining butun hududi — Wi-Fi tarmog‘i bilan jo‘nab ketish va uchib kelish zallari to‘liq qamrab olingan. 

 

Internetga ulanish uchun ayeroportga tashrif buyuruvchilar #TASAirportUzcloud Wi-Fi tarmog‘ini qidirib topishi va “Ulanish” tugmasini bosishi kifoya. Tizim foydalanuvchilarni avtorizatsiya sahifasiga yo‘naltiradi va u yerga mobil telefon raqamni kiritish kerak bo‘ladi. Avtorizatsiyani tasdiqlash uchun ko‘rsatilgan raqamga SMS xabar yuboriladi.

 

Shundan so‘ng tizim pulli va bepul kirish imkoniyatlarini taklif etadi. Agar tizimdan bepul foydalanish tanlansa, tizim uchta qisqa reklamani ko‘rsatadi, so‘ng internetga kirishni ta’minlaydi. Pullik xizmat tanlansa, tizim tegishli tarif rejasini tanlashni taklif qiladi va to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng tarif rejasiga muvofiq vaqt uchun cheksiz internetga kirish taqdim etiladi.

 

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

2030-yilgacha kommunal infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Toshkent aeroportida bepul WI-FI ishga tushirildi