O'zbekiston

Xorazmda Milliy gvardiya xodimlari bozorchilarga kuch ishlatgani aytildi

Holat bo‘yicha hokimlik rasmiy munosabat bildirdi.

Xorazmda Milliy gvardiya xodimlari bozorchilarga kuch ishlatgani aytildi

 

Ijtimoiy tarmoqda Xorazm viloyati Urganch dexqon bozorida 4 iyun kuni Milliy gvardiya xodimlari ona va qizga kuch ishlatib, urib olib ketgani haqida videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan shahar hokimligi rasmiy munosabat bildirdi. 


Aniqlanishicha, shu kuni dexqon bozori yonidagi 5 blok savdo rastalari oldida fuqaro M. R. va A. J. lar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Uni eshitgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tezda voqea joyiga yetib borgan. Milliy gvardiya xizmatchilari janjalni oldini olib, fuqaro M. R. ni voqea joyidan ketkazayotganda fuqaro A. J. va uning opasi R. J. larning jahli chiqqan va xodimlarga baqirib, ularni haqorat qilgan.

Shundan so‘ng ushbu fuqarolarni tinchlantirish maqsadida bozor hududidagi 16-sonli tayanch punktiga olib kelingan. Bu yerda o‘ziga nisbatan kuch ishlatilganidan norozi bo‘lgan fuqarolar A. J. va R. J. lar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga faol qarshilik ko‘rsatib, shovqin ko‘targan va holatni o‘zlarining qo‘l telefoniga tasvirga olib, internet ijtimoiy tarmoqlariga tarqatgan. 


Dastdabki tekshiruv ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu fuqarolarga Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan tan jarohati yetkazish holatlari aniqlanmagan.


Hozirda mazkur holat yuzasidan Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

2030-yilgacha kommunal infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Xorazmda Milliy gvardiya xodimlari bozorchilarga kuch ishlatgani aytildi