Jahon

Vashington Rossiyadan bug‘doy eksportini qo‘llab-quvvatlaydi

Bu haqda AQSHning BMTdagi maxsus vakili maʼlumot berdi.

Vashington Rossiyadan bug‘doy eksportini qo‘llab-quvvatlaydi

 

AQSH Rossiyadan g‘alla eksport qilinishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Vashingtonning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild maʼlum qildi.

 

“Biz bu harakatlarni qo‘llab quvvatlaymiz. Shuningdek, BMTning savdo va taraqqiyot bo‘yicha Konferensiyasi bosh kotibi Rebekka Grinspenning Rossiya va AQSHga tashrifini ham olqishlaymiz. Bu RFdan g‘alla va o‘g‘it olib chiqishga ikkilanib turgan kompaniyalar uchun yaxshi turtki bo‘lishiga umid qilamiz”, – degan diplomat.

 

Shu bilan birga u g‘alla va mineral o‘g‘itlarga nisbatan G‘arb sanksiyalari joriy etilmaganini, ammo kompaniyalar “asabiylashayotgan”ini taʼkidlagan.

 

Tomas-Grinfildning qo‘shimcha qilishicha, AQSH Rossiyadan bug‘doy olib chiqmoqchi bo‘lgan kompaniyalarga yozma kafolat berishga tayyor.

 

Avvalroq Moskva bug‘doyni rublda sotmoqchi ekanligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Vashington Rossiyadan bug‘doy eksportini qo‘llab-quvvatlaydi